date

Mbappe: Ronaldudan hali ancha orqadaman

Mbappe: Ronaldudan hali ancha orqadaman
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe sobiq klub yulduzi Krishtianu Ronaldu bilan solishtirishlar borasida o'z fikrini bildirdi. Chorshanba kuni fransiyalik futbolchi Gretsiyaning "Olimpiakos" klubiga qarshi o'yinda poker qayd etib, yana bir bor "Real"ning va Chempionlar ligasi tarixining eng yaxshi to'purari bilan taqqoslandi.

"Ronaldu? "Real"da u erishgan darajaga yetish uchun hali uzoq yo'lni bosib o'tishim kerak", – dedi 26 yoshli hujumchi Madrid Xtra nashriga bergan intervyusida.

Kilian Mbappe joriy Chempionlar ligasi mavsumida eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida ishonchli peshqadamlik qilmoqda. U guruh bosqichidagi besh o'yinda 9 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappe: Ronaldudan hali ancha orqadaman