date

Tramp rejasi va Ukrainaning "Qizil chiziqlari": Muzokaralar keskinlashmoqda!

Tramp rejasi va Ukrainaning "Qizil chiziqlari": Muzokaralar keskinlashmoqda!

Donald Tramp ma’muriyati tomonidan ishlab chiqilgan Ukrainadagi tinchlik rejasi va Kiyev rasmiylarining pozitsiyasi o‘rtasida jiddiy farqlar saqlanib qolmoqda. Bu haqda 26 noyabr kuni Amerikaning CNN telekanali muzokaralar jarayonidan xabardor bo‘lgan yuqori martabali manbaga asoslanib ma’lum qildi.

Garchi rejaning 28 ta bandining aksariyati bo‘yicha "o‘zaro kelishuvga" erishilgan bo‘lsa-da, tomonlarning fikrlari sezilarli darajada farq qiladigan kamida uchta muhim masala mavjud.

Asosiy kelishmovchiliklar: Donbass va Qurolli Kuchlar soni

Birinchidan, gap Donbassdagi bir qator muhim hududlarning Rossiya nazoratiga o‘tishi ko‘zda tutilgan demilitarizatsiya zonasini yaratish haqida bormoqda. AQSH taklifi Ukrainaga bunday zonaga rozi bo‘lishni so‘ragan edi. Ukrainalik manbaning ma’lum qilishicha, bu taklif bo‘yicha "ayrim siljishlarga erishildi", biroq yakuniy kelishuv hali qabul qilinmagan.

Bundan tashqari, Ukraina Qurolli Kuchlari (UQK) sonini 600 ming kishi bilan cheklash bo‘yicha AQSHning taklifi ham keskin muhokama qilinmoqda. Kiyev hozircha bu g‘oyani "qo‘llab-quvvatlashga shoshilmayapti".

NATOga a’zolik — “Qizil chiziq”

Nihoyat, Ukraina NATO a’zosi bo‘lish istiqbolidan butunlay bosh tortmoqchi emas. Manbaning ta’kidlashicha, bunday yon berish "salbiy namuna" yaratgan va Rossiyaga alyansga yangi nomzodlarni qabul qilishga doimiy monelik huquqini taqdim etgan bo‘lardi.

Telekanalning ta’kidlashicha, bu uchta bandning har biri Ukraina uchun "qizil chiziqlar", ammo Moskva uchun prinsipial ahamiyatga ega hisoblanadi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati bu Tinchlikni qanday yumshatishga urunmasin, gap umuman "qolgan bir nechta oddiy bandlar" yoki "hal qilinishi kerak bo‘lgan mayda tafsilotlar" haqida ketmayapti, balki ular tinchlikning fundamental shartlaridir.

Ayni paytda, Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermakning ma’lum qilishicha, Zelenskiy shu haftada yoq Tramp bilan shaxsan uchrashib, urushni to‘xtatish bo‘yicha qo‘shma rejani murosa yo‘li bilan kelishib olishga umid qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp rejasi va Ukrainaning "Qizil chiziqlari": Muzokaralar keskinlashmoqda!