date

Mbappe: Olimpiakos muxlislarining haqorati muhim emas

Mbappe: Olimpiakos muxlislarining haqorati muhim emas
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Gretsiyaning "Olimpiakos" jamoasi muxlislarining xatti-harakatiga o'z munosabatini bildirdi. Chorshanba kuni "qirollik klubi" Gretsiyada 4:3 hisobida g'alaba qozondi.

Mbappe bu bahsda to'rtta gol urib, poker qayd etdi. Oʻyindan avval mahalliy muxlislar fransuz tilida juda yomon aksent bilan haqoratli qichqiriqlar qilishdi.

"Ha, men qizish paytida juda yomon aksentda aytilgan haqoratli qichqiriqlarni eshitdim. Lekin hammasi joyida, men oʻzimni oʻyinga qaratdim va maydonda oʻzimni koʻrsatdim.

Natijada yaxshi kayfiyatda ketmoqdaman", – dedi UEFA tomonidan oʻyinning eng yaxshi futbolchisi sifatida mukofotlangan Mbappe. Yakshanba kuni "Real" navbatdagi uchrashuvini La Liga doirasida "Jirona"ga qarshi oʻtkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappe: Olimpiakos muxlislarining haqorati muhim emas