date

Dunyodagi eng qimmat uylar: Shveysariya shaharlari yetakchilik qilmoqda

Dunyodagi eng qimmat uylar: Shveysariya shaharlari yetakchilik qilmoqda

2025 yilga kelib jahonning yirik shaharlarida turar joy bozori yanada keskinlashdi — ayniqsa kondominiumlar segmentidagi narxlar ko‘p joylarda tarkib ta’minlab bo‘lmas darajada yuqorilab ketdi. Numbeo portali e’lon qilgan qiymatlar ro‘yxati dunyodagi eng qimmat 10 shaharni belgilab berdi va bu yilgi natijalarda bir jihat alohida ko‘zga tashlandi: TOP-10 orasida beshta Shveysariya shahri bor.

Reytingning mutlaq peshqadami — Hongkong. U yerda turar joyning har bir kvadrat metri o‘rtacha 25 339 dollar turadi. Hongkongning uzoq yillardan buyon yetakchi bo‘lib kelishiga bir nechta omil ta’sir qiladi: yer maydonining cheklanganligi, aholi zichligining yuqoriligi, rivojlangan infratuzilma va megapolisning Osiyodagi eng yirik moliyaviy markazlardan biri sifatidagi jozibadorligi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar ham Yevropadagi eng rivojlangan davlat — Shveysariya zimmasida.

— Syurix — 1 kv.m uchun o‘rtacha 24,8 ming dollar

— Lozanna — 1 kv.m uchun 22,9 ming dollar

To‘rtinchi bo‘lib Singapur joy oldi. Osiyoning bu taraqqiy etgan markazida o‘rtacha kvadrat metr narxi 22,5 ming dollarga yetgan. Keyingi o‘rinda esa amalda Shveysariya poytaxti sifatida tanilgan Bern turibdi — 22,2 ming dollar.

Birinchilik o‘ntalikni yana bir qator qimmat shaharlar to‘ldiradi:

— Jeneva

— Seul

— Bazel

— Tel-Aviv–Yaffo

— London

Qizig‘i shundaki, AQSH kabi rivojlangan iqtisodga ega mamlakatdan TOP-20 talikka faqat bitta shahar — Nyu-York kirdi. U reytingda 11-o‘rinni egallagan.

Jahon bo‘ylab talabning oshib borishi, yer defitsiti, inflyatsiya va yirik megapolislar iqtisodiy jozibadorligi — barchasi narxlarning shiddat bilan o‘sishiga sabab bo‘lmoqda. Muttaxassislar fikricha, kelasi yillarda ayrim shaharlarda bu o‘sish yanada jadallashishi ham mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng qimmat uylar: Shveysariya shaharlari yetakchilik qilmoqda