Foto: Marie Claire
Ba’zida ma’lum bir oziq-ovqat kombinatsiyasi zararli bo‘lishi mumkinligini aniqlash oson. Ammo foydali bo‘lgan mahsulotlardan taom tayyorlash kera bo‘lsa-chi? Sifatlarini yo‘qotadigan va aralashish vaqtida organizmga zarar yetkazadigan tarkibiy qismlar mavjud. Marie Claire nashri ana shunday aralashmadan bir qanchasini ma’lum qildi.
Suv va ovqat
Foto: Marie Claire
Suv kuch manbai va kundalik ratsionning ajralmas qismidir, lekin uni ovqatdan tashqari istalgan vaqtda ichish mumkinligini unutmaslik lozim. Gap shundaki, suv oshqozon kislotasini suyultiradi, ularsiz ovqat hazm qilish jarayoni amalga oshmaydi. Shu sababli ozuqa moddalarining parchalanishi sekinlashadi va uzoqroq davom etadi, bundan tashqari, qorinni shishiradi. Agar ko‘p miqdorda suv ichilsa, unda oshqozonning kislotaliligi o‘zgaradi. Sog‘lom oshqozon-ichak tizimida barcha oziq-ovqat parchalanadi va ozuqa moddalari so‘riladi. Mutaxassislar ovqatdan yarim soat oldin suv ichishni maslahat beradi, bu hazm jarayoniga xalaqit bermaydi, qolaversa, ortiqcha ovqatlanishdan qochishga yordam beradi.
Asosiy taomdan keyin mevalar
Foto: Marie Claire
Ovqat hazm qilish tizimidagi eng yomon xatolardan biri bu taomni meva bilan yakunlashdir, ayniqsa shaftoli yoki banan bilan. Gap shundaki, mevalar oddiy shakarni o‘z ichiga oladi va oqsil, yog‘ va kraxmallarga qaraganda tezroq so‘riladi. Shuning uchun fruktoza oshqozonga joylashishi va bir zumda hazm bo‘lishi mumkin emas, bu organizmda noqulaylik tug‘diradi.
Banan va sut
Foto: Marie Claire
Ko‘pchilik bolaligidanoq bananli kokteylni ichishni yaxshi ko‘radi, ammo, afsuski, bu organizmga umuman foyda keltirmaydi. Bu kombinatsiya eng ko‘p zaharli moddalardan biridir, shuning uchun u noqulaylik hissi paydo bo‘lishiga olib keladi, miya faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Ammo bananni sut bilan birlashtirish xavfi ma’lum bo‘lsa, aralashmaga yashil kardamon, dolchin kukuni yoki muskat yong‘og‘i qo‘shilsa, noxush oqibatlar xavfini kamaytirish va ovqat hazm qilishni me’yorlashtirishga yordam beradi.
Tuxum va qovurilgan go‘sht
Foto: Marie Claire
Ko‘pchilik sevadigan nonushtani ovqat hazm qilish tizimi uchun yaxshi kombinatsiya deb atab bo‘lmaydi. Har qanday qovurilgan go‘sht va tuxum yuqori oqsilli tarkibga ega bo‘lgan kombinatsiyadir, shuning uchun organizmga bunday og‘ir taomni hazm qilish uchun ancha vaqt kerak bo‘ladi. Shunchaki mahsulotlardan birini sabzavot yoki yengil mahsulot bilan almashtirish tavsiya etiladi. Yoki birinchi navbatda, tuxum, bir muncha vaqt o‘tgach go‘sht iste’mol qilish mumkin.
Mevali yogurt
Foto: Marie Claire
Ko‘pincha to‘g‘ri ovqatlanishga harakat qilayotganlar gazakni yanada to‘yimli qilish uchun yogurtga meva qo‘shadi. Ammo sog‘lom kombinatsiya kabi ko‘rinadigan mazali ichimlik aslida butunlay boshqacha bo‘lib chiqadi. Oqsilga boy yogurt fruktoza bilan o‘zaro ta’sirga kirishganda, organizmga zararli ta’sir ko‘rsatadi: u ichakdagi sog‘lom bakteriyalarni yo‘q qiladi, toksinlarning ko‘p ishlab chiqarilishiga va hatto allergiyaga olib keladi. Shuning uchun uni ba’zida faqat asal, dolchin yoki mayiz bilan birlashtirish to‘g‘riroqdir.
Sharbat va donli mahsulotlar
Foto: Marie Claire
Kun bo‘yi energiya beradigan mazkur aralashmani tayyorlashdan ko‘ra osonroq narsa yo‘q. Ma’lum bo‘lishicha, bu kombinatsiya foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi va noqulaylik hissi paydo bo‘lishiga olib keladi. Sharbatning kislotaliligi uglevodlarni parchalaydigan ferment faolligini pasaytiradi, bu esa salbiy oqibatlarga olib keladi.
Pitssa va gazlangan ichimliklar
Foto: Marie Claire
Ko‘pchilik sevib iste’mol qiladigan kombinatsiya. Pitssa tarkibidagi uglevodlar oqsil va kraxmal bilan birgalikda hazm qilish uchun ko‘p energiya talab qiladi. Gazli ichimlik tarkibida ko‘p miqdorda shakar bo‘lganligi sababli hazm qilish jarayoni yanada sekinlashadi. Shuning uchun ham bu kombinatsiya noqulaylik va oshqozonda og‘riqni keltirib chiqaradi.
Pishloq va loviya
Foto: Marie Claire
Bu kombinatsiya Meksika oshxonasida eng mashhur yeguliklardan biri hisoblanadi. Biroq bu nafaqat qorinni gaz bilan shishiradi, balki boshqa ovqat hazm qilish muammolariga ham olib kelishi mumkin, ayniqsa retseptda guakamol yoki achchiq sous mavjud bo‘lsa. Bu taom, albatta, ovqat hazm qilish tizimi zaif odamlar uchun mos emas.
Limon va yo‘talga qarshi dori
Foto: Marie Claire
Yo‘tal siropi va limonli choy — ko‘pchilik davolanishda ushbu uslubni qo‘llaydi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, bu kombinatsiya bilan limonlar dekstrometorfanni parchalanishi uchun zarur bo‘lgan fermentlarga to‘sqinlik qiladi. Xuddi shu narsani statinlar, xolesterin darajasini pasaytirish uchun ishlatiladigan dorilarga ham tegishli. Agar dori parchalanmasa, u qon oqimida to‘planib, turli xil nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun, dori vositalari bilan tajriba o‘tkazmaslik kerak va ularni shifokorning ko‘rsatmalari va retseptlariga muvofiq qabul qilish lozim.
Murabbo bilan oq non
Foto: Marie Claire
Ba’zan nonushta qilish uchun bunday oddiy va mazali desertga murojaat qilmaslikning iloji yo‘q. Ammo non va murabbo kunni boshlash uchun yaxshi tanlov emas, chunki bir necha soatdan keyin yanada ko‘proq ovqatlanish istagi paydo bo‘ladi . Albatta, shakar va oqsil birikmasi ortiqcha ovqatlanishga olib keladi, chunki organizm kerakli tarkibiy qismlarni olishga harakat qiladi. Nonushtaga oqsil va sog‘lom yog‘larni, masalan, avokadolarni qo‘shish tavsiya etiladi.
Kartoshka fri va gamburger
Foto: Marie Claire
Ko‘pincha kartoshka fri va gamburger ajoyib kombinatsiya sifatida sevib tanovul qilinadi. Bu mahsulotlar tarkibida transyog‘lar (to‘yinmagan yog‘larning yomon hazm bo‘ladigan turi) mavjud bo‘lib, natijada qondagi qand miqdori pasayadi, charchoq va uyquni paydo qiladi. Shuning uchun ushbu kombinatsiyaning har birini alohida iste’mol qilish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi: “Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar”
BAAda isroillik ravvin o‘ldirilishi yuzasidan O‘zbekiston tomoni bayonot berdi
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?