date

Gvardiola Angliya terma jamoasiga tilak bildirdi

Gvardiola Angliya terma jamoasiga tilak bildirdi
Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2026-yilgi Jahon chempionati favoritlari haqida o‘z fikrini bildirdi. "Favoritlar o‘sha-o‘sha.

Ularni barchamiz bilamiz. Agar 4-5 ta favoritni sanab o‘tishni so‘rashsa, deyarli hamma bir xil jamoalarni aytadi.

Men esa ularning orasida Angliya terma jamoasi bo‘lishini istayman. Bu ortiqcha xushomaddek tuyulmasin, lekin men bu yerda ko‘p yildan beri yashayman va mamlakatning bir qismiga aylanganman.

Men Tuxel va jamoa oxirgi qadamni qo‘yib, bunga erishishini juda istayman," - dedi Gvardiola matbuot anjumanida. Xosep Gvardiola 2016-yil yozidan beri "Manchester Siti" klubini boshqarib kelmoqda.

Shu bilan birga, 6-dekabr shanba kuni "Manchester Siti" Premer-ligada "Sunderland" bilan bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Angliya terma jamoasiga tilak bildirdi