date

Toshkentda DevFest 2025 bo'lib o'tadi

Toshkentda DevFest 2025 bo'lib o'tadi
6-dekabr kuni Toshkent shahrida GDG Tashkent tomonidan tashkil etilgan yirik texnologik tadbir — DevFest 2025 bo'lib o'tadi. Dasturda xalqaro ekspertlarning ma'ruzalari, amaliy seminarlar va IT sohasining kelajagi haqida muhokamalar rejalashtirilgan.

Tadbir Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida soat 10:00 dan 17:00 gacha bo'lib o'tadi va yilning asosiy tadbirlaridan biri sifatida dasturchilar, talabalar va texnologik kompaniyalar vakillari uchun katta ahamiyat kasb etadi. DevFest 2019-yilda tashkil etilgan GDG Tashkent hamjamiyati tomonidan o'tkaziladi.

Joriy yilda tadbirda 2 mingdan ziyod ishtirokchilar va Google, Yandex, TikTok, Pinterest, Bank of America kabi kompaniyalardan 13 nafar xalqaro spikerlar qatnashishi kutilmoqda. Dastur IT sohasiga endi qadam qo'yayotganlar uchun ham, tajribali mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.

Mehmonlarni 10 dan ortiq kompaniyalar qatnashadigan faol Expo-zona hamda 15 dan ziyod amaliy seminarlarni o'z ichiga olgan boy dastur kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda DevFest 2025 bo'lib o'tadi