16:30 / 17.08.2023
294

Beldagi og‘riq qanday muammolardan darak berishi mumkin?

Beldagi og‘riq qanday muammolardan darak berishi mumkin?

Foto: Marie Claire

Bel va umurtqa sohasidagi og‘riq o‘z-o‘zidan bo‘lmasligi bu turli sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ortiqcha vazn

To‘satdan paydo bo‘lgan va o‘tib ketmaydigan og‘riq vazn me’yordan oshib ketgani va bu umurtqa pog‘onasiga og‘irlik qilayotganidan darak berishi mumkin.

Qadni tik tutish bilan bog‘liq muammo

Ko‘pincha og‘riqqa bee’tibor bo‘lish oqibatida qadni tik tutish bilan bog‘liq muammo yuzaga kelishi mumkin. Yoki aksincha, qomatni tik tutib yurmaslik oqibatida tana og‘irligi bo‘yin va umurtqani zo‘riqtirishi, o‘z vaqtida e’tibor berilmasa, buning oqibati jiddiy kasalliklar bilan tugashi mumkin.

Mushaklarda muammo paydo bo‘lishi

Uzoq vaqt tik turganda yoki yurganda bel qismida og‘riq kuzatilishiga mushaklar tizimida muammo borligi sabab bo‘lishi mumkin. Oqibatda suyaklarga tana og‘irligi tushib, zo‘riqish kuzatiladi. Buning oldini olish uchun bel sohasidagi mushaklarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlarni bajarish kerak.

Umurtqa pog‘onasi bilan bog‘liq muammo

Yoshingiz 40 dan yuqori bo‘lsa va 8-10 daqiqalik yurishdan keyin og‘riq, bosh aylanishi, bel va boldirlarda diskomfort umurtqa pog‘onasi stenoziga xos asosiy simptomlar bo‘lishi mumkin. Ushbu muammo jarrohlik amaliyoti yoki fizioterapiyadan darak berishi mumkin.

Ishias

Kuchli, bir yoki ikki oyoqqa o‘tib kuzatiladigan og‘riq quymich nervining yallig‘lanishi — ishiasdan darak berishi mumkin. Ushbu patologiya turli sabablar, masalan, umurtqa pog‘onasi stenozi tufayli kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Yelkalardagi diskomfort

Yelkalardagi diskomfort sabab qomatni tik tutishga qiynalish bunga esa adgeziv kapsulit — yelka suyaklarini shikastlab unda yallig‘lanish keltirib chiqaradigan jarayon sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu patologik jarayon kuchli og‘riq va bo‘g‘inlar faoliyatining cheklanishi bilan namoyon bo‘ladi. Mutaxassislar adgeziv kapsulitni keltirib chiqaruvchi aniq sababni bilmaydi. Ammo taxminlarga ko‘ra bu autoimmun komponent bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Osteoporoz

Surunkali hisoblangan osteoporoz suyaklarda mineral moddalar almashinuvining buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Suyaklar mo‘rtlashishi, sinishi ham mumkin. Ilk bosqichda hech qanday belgi kuzatilmaydi boshqa belgilar, odatda, umurtqa pog‘onalarida bir nechta kompression yoriqlaridan keyin paydo bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Beldagi og‘riq qanday muammolardan darak berishi mumkin?