date

Aeroflot portativ quvvatlagichlarni tashish qoidalarini yangiladi

Aeroflot portativ quvvatlagichlarni tashish qoidalarini yangiladi

Aeroflot aviakompaniyasi samolyot bortida portativ quvvatlagichlar (powerbank) va zaxira litiy batareyalarini tashish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritdi. Kompaniyaning rasmiy Telegram kanalida ma’lum qilinishicha, yangi tartib xavfsizlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Endilikda powerbanklarni faqat qo‘l yukida olib o‘tishga ruxsat beriladi. Ularni samolyot harakatlanayotgan, uchayotgan yoki qo‘nayotgan vaqtda ishlatish qat’iyan man etiladi. Qurilmalar yuk javonlarida emas, balki oldingi o‘rindiq ostida yoki uning cho‘ntagida saqlanishi kerak. Har bir yo‘lovchi ko‘pi bilan ikkita qurilma olib o‘tishi mumkin.

Zaxira litiy batareyalari bo‘yicha ham aniq cheklovlar joriy etildi. Quvvati 100 Vt/soatgacha bo‘lgan batareyalarni ruxsatsiz olib o‘tish mumkin, 100 dan 160 Vt/soatgacha bo‘lganlari esa aviakompaniya bilan kelishilgan holda tashiladi. Quvvati 160 Vt/soatdan yuqori bo‘lgan batareyalarni yo‘lovchi samolyotida tashish taqiqlanadi.

Ushbu yangi qoidalar 2026-yilda Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) tomonidan qabul qilingan xavfsizlik talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Aeroflot portativ quvvatlagichlarni tashish qoidalarini yangiladi