Moliyaviy resurslarni boshqarish, o‘z budjetini rejalashtirish, kreditlar va investitsiyalar haqida tushunchaga ega bo‘lish hamda moliyaviy xavflarni tushunish kabi bilimlar iqtisodiy barqarorlikka erishish va qashshoqlikni bartaraf etishda muhimdir. Biroq ko‘plab insonlar bugungi kunda yetarli moliyaviy savodxonlikka ega bo‘lmasligi va pul bilan muomala qilishda zarar keltiradigan yomon odatlardan qutula olmasligi yirik muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.
Bugungi maqolada shaxsning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga to‘sqinlik qiladigan ana shunday zararli odatlar haqida so‘zlashamiz.
Muvaffaqiyatli moliya fanlari bo‘yicha mutaxassis Stiv Berns qashshoqlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan 7 ta yomon odat va kundalik xatti-harakatlarni keltirib o‘tdi.
Foto: Getty Images
Sifatsiz uyqu
Yaxshi pul topish aqliy va jismoniy mehnatni, bu esa o‘z navbatida yaxshi uyqu va damni talab etadi. Uyquning yetishmasligi semirish va vazn ortishiga va keyinchalik sog‘liq bilan bog‘liq muammolarga tibbiy xarajatlarning oshishiga olib kelishi mumkin. Uyquning yetishmasligi sog‘lom turmush tarziga putur yetkazadi. Doimiy uyqusizlik sharoitida ta’lim olish va muvaffaqiyatga erishish qiyin.
Noto‘g‘ri ovqatlanish tartibi
Masalan, tez-tez fastfud taomlarini sotib olish sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi va semirish hamda oshqozon bilan bog‘liq kasalliklarga olib kelishi mumkin. Bu sog‘liqni saqlash uchun bo‘lgan xarajatlarning miqdorini oshiradi va mahsuldorlikni pasaytiradi. Shu tariqa qashshoqlik charxpalagi aylanishda davom etadi.
Tamaki va psixoaktiv moddalarga qaramlik
Foto: Dignity Health
Tamaki mahsulotlari, alkogol yoki turli giyohvand moddalarni sotib olish sizga qimmatga tushadigan odatdir. Ularning iste’moli jiddiy kasalliklarga, jumladan, og‘iz bo‘shlig‘i saratoni va shizofreniya kabi muammolarga olib kelishi mumkin. Bunday kasalliklarni davolash katta xarajatlarni talab etadi. Ayniqsa, giyohvandlik boshpanasiz qolish va qashshoqlikning asosiy sababidir.
Moliyaviy bilimlarning yetishmasligi
Moliyaviy savodxonlikning yo‘qligi va pullarni boshqara olmaslik yomon odatdir. Budjet tuzish, tejash va investitsiya qilish bo‘yicha bilimlarning yetishmasligi odamlarni kambag‘allikda qolib ketishga olib keladigan noto‘g‘ri qarorlarga olib kelishi mumkin. Dastlabki moliyaviy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar o‘z mablag‘larini samarali boshqarishda qiynaladilar.
Bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatining yo‘qligi
Foto: Freepik
Moliyaviy barqarorlikka erishishda banklar insonlar jamg‘armalarini rag‘batlantirishda bank tizimi muhim ahamiyatga ega. Bank xizmatlaridan, masalan, omonat puli qo‘yish kabilardan foydalanish imkoni bo‘lmasa, katta ehtimol bilan, odamlar tejash haqida o‘ylamaydi va pullarni qanday sarf qilayotganini tahlil qila olmaydi.
Davlat imtiyozlariga qaramlik
Davlat tomonidan beriladigan nafaqa puli va yordam puliga qaramlik va hukumatga moliyaviy tobe bo‘lish insonlarning moliyaviy daromad olishlariga to‘sqinlik qilib, qashshoqlik davomiy bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Zararli odatlar
Zararli odatlar tufayli kelib chiqadigan surunkali kasalliklar tufayli sog‘liqning yomonlashuviga va vaqtinchalik mehnat layoqatini yo‘qotishga va hatto ishdan bo‘shashga olib keladi. Buning ustiga tibbiy xarajatlar qashshoqlikning davomiy bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi