“Real Madrid” bosh murabbiyi Xabi Alonso o‘z jamoasini yanada kuchaytirish uchun yangi futbolchi olishga harakat qilmoqda. Ispaniyalik murabbiy "Real"da o‘z o‘yin uslubini yaratishga urinib, ayni paytda "Bavariya"da o‘ynayotgan Maykl Oliseni jamoaga qo‘shishni maqsad qilgan. Bu haqda Fichajes nashri xabar tarqatgan.
Xabi Alonso jamoasida hozirgi kunda Vinisius Junior, Kilian Mbappe va Maykl Olisedan iborat kuchli hujum uchligini tashkil qilishni niyat qilgan. Uning fikricha, Olisening o‘yini "Real"ning hujum taktikasini yanada samarali qilishga yordam beradi.
Biroq, transferlar bo‘yicha mutaxassislar Maykl Oliseni olishni oson ish deb hisoblamaydi. Yevropa futbolidagi katta klublar, xususan, "Pari Sen-Jermen" va "Manchester Siti" futbolchini o‘z safiga olishga intilishmoqda. Shuningdek, "Bavariya" fransiyalik yosh futbolchini sotishda 100 million yevrodan oshgan summa talab qilishga tayyor, bu esa Oliseni jamoaga qo‘shish jarayonini yanada murakkablashtiradi.
Oliseni jamoaga qo‘shish bilan Xabi Alonso o‘z taktikasini yangi bosqichga olib chiqmoqchi. 23 yoshli Maykl Olise "Bavariya" bilan 2029-yilgacha bog‘langan shartnomaga ega. Bu futbolchining o‘yin shakli va tajribasi “Real”ning hujum korpusini kuchaytirishga qodir.
Agar Xabi Alonso Maykl Oliseni jamoaga qo‘shsa, klubdagi boshqa hujumchilar — Rodrigo va Braim Dias o‘zlariga yangi jamoa topishiga to‘g‘ri keladi. Ushbu holat "Real"ning yaqin kelajagi uchun katta o‘zgarishlar tug‘diradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!