Bir stakan gazli shirin ichimlik yoki bir bo‘lak tort qondagi glyukoza darajasini keskin ko‘tarishini hamma biladi. Ammo bir nechta istisno sabzavotlar borki, ular barcha foydali tomonlariga qaramay, qand miqdorini oshirib yuboradi. Diyetolog mutaxassislar yana qanday biz bilmagan foydali mahsulotlar diabetga olib kelishini tushuntirib berdi.
Foto: Wday
Qondagi shakar miqdorini oshiruvchi, ammo ikkinchi tomondan foydali mahsulotlar
Biz selderey ko‘kati yoki sabzi juda foydali mahsulot ekanligini bilamiz, ammo ularning o‘zini, ya’ni boshqa mahsulotlar bilan qo‘shmagan holda iste’mol qilinsa, sabzavotlar qondagi glyukoza hamda glikemik indeks darajasini sezilarli darajada oshiradi. Demak, biokimyoviy nuqtayi nazardan, sabzining o‘zini yeyish bir bo‘lak shirinlik iste’mol qilish bilan deyarli bir xil.
Yuqori glikemik indeksga ega bo‘lgan shaxslar uchun poliz ekinlaridan tarvuz, qovun, mevalardan esa ananas gazak sifatida mos kelmaydi. Bundan tashqari, ko‘plab quritilgan mevalar (masalan, mayiz) tarkibida shakar ko‘p. Turli siroplar, qadoqdagi mevali sharbatlar, konservalangan mevalar haqiqiy shakar manbayidir. Masalan, bir stakan uzum sharbati va 4 dona shirin kulchadagi shakar miqdori bir xil bo‘ladi.
Foto: iStock
Shakar doim tibbiyotda keskin kamaytirilishi kerak bo‘lgan mahsulot sifatida tilga olinadi. Ammo undan ham ziyoni ko‘p bo‘lgan shirinlik — bu shakar o‘rnini bosuvchi sintetik moddalardir. Ular ta’m retseptorlarning sezgirligini pasaytiradi, chunki tana glyukoza qabul qilmaydi. Natijada iste’molchi organizmi shirin ta’mni his qilish uchun yanada ko‘proq shirinliklarni talab qiladi.
Sog‘lom turmush va ovqatlanish tartibiga amal qiladigan va surunkali kasalliklarga chalinmagan insonlar o‘zining glikemik indeksini hisoblab yurishiga hojat yo‘q.
Ortiqcha shakar nafaqat diabetga, balki insulinga rezistentlikka ham olib keladi
Foto: Getty Images
Hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyo aholisining 20 foizi insulinga rezistentlikning u yoki bu turidan aziyat chekmoqda. Aslida bu holat juda xavfli emas, ammo davolanmasa, ikkinchi toifadagi qand kasalligining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bunda hujayralarning insulin gormoniga sezgirligi pasayadi, bu esa o‘z navbatida glyukozani hujayralarga o‘tkaza olmaydi va u qonda to‘planib qoladi. Dastlabki bosqichlarda buni sezish murakkab bo‘lib, kasallik uzoq vaqt davomida hech qanday belgilarni namoyon qilmaydi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda dunyo bo‘ylab 529 million kishi qand kasalligidan aziyat chekkan. Olimlar bashorat qilishicha, 2050 yilga kelib ularning soni qariyb 1,5 milliard kishiga yetadi.
Insulinga rezistentlik belgilari
Parhez va taomlanish tartibidan qat’iy nazar vaznning ortib borishi asosiy belgilardandir. Bunda oshqozon osti bezi retseptorlari insulinni qabul qilmay qo‘yadi va oqibatda tanadagi glyukoza taqsimoti mexanizmi buziladi. Bundan tashqari, bo‘yin, ko‘krak sohalarida turli toshmalar — papillomalar yoki poliplar paydo bo‘lishi va bu joylarning qorayishi ham insulinga rezistentlikning belgisi bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagilar eng keng tarqalgan va doimiy belgilar bo‘lib, ularning paydo bo‘lish sababini mutaxassis tomonidan aniqlash muhim. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi