QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
17 may kuni ko‘zlangan maqsadga etish, rejalarni to‘liq amalga oshirish uchun ancha-muncha ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi. Arzimagan xudbinlik ham ishning beliga tepishi turgan gap. Har bir harakatda chegarani bilishingiz talab etiladi. Bu talab muhabbat masalasiga ham baravar tegishli. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Kechqurun toza havoda albatta sayr qiling. Bu kun bo‘yi issiq havoda yurib yo‘qotilgan quvvatni tiklashda yordam beradi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun emosiya, his-tuyg‘ularni jilovlagan holda harakatlar sodir etishingizga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, bu narsa shaxsiy hayotingizda yordam beradi. Qarindoshlar va yaqin insonlar bilan bosiqlikka amal qilgan holda munosabat yuritishingiz lozim bo‘ladi. Siz tabiatan hazilga moyilsiz, hayotni juda sevasiz. Bugun shu xislatlaringizdan o‘z foydangiz yo‘lida foydalanishni unutmang. Kunning ikkinchi yarmida yoshi o‘tgan qarindoshlardan biriga xastaligi bois moddiy ko‘mak berishingiz mumkin.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
17 may kuni yaqin insonlar uchun o‘zingizdan kechib bo‘lsa-da, zarur yordamlarni berishingiz, manfaatlaringizni bir chetga surib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi. Bu esa qondoshlar orasidagi obro‘yingiz va o‘rningizni albatta mustahkamlaydi. Bugun huquqshunoslar, advokatlar yordamidan umuman foydalanmang, muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Ammo mavqeni oshirish uchun qilingan harakatlar omadli kechadi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
17 may kuni moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun ko‘proq vaqt ajrating. Har kungi tushum bugun sizning talabingizni qondira olmasligi mumkin. Qo‘shimcha daromad keltiradigan ish topsangiz, albatta niyatga etgan bo‘lardingiz. Yana xarajatlarni ham buguncha keskin qisqartirishingiz zarur bo‘ladi. Oila qurmaganlar uchun 17 may juda xayrli kechadi. Bugun siz tanlagan insoningizning haqiqiy muhabbatiga guvoh bo‘lasiz. Ba’zilar to‘y kunini ham belgilashlari kutiladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
17 may kuni shaxsiy hayotingizga yanada e’tiborliroq bo‘ling. Yaqin insoningizga har galgidek sirli qarashlardan tiyiling. Undan ko‘ra ijodiy qobiliyatingiz bo‘lsa, o‘shani namoyish etib, olqishini oling. Salomatlikka e’tibor qarating. Ertalabki gimnastikalarni boshlash, ovqatlanishda me’yorni bilish sizga sog‘liqni mustahkamlashda katta yordam beradi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Oila qurmaganlar sevimli xobbilardan buguncha voz kechishlari kerak. Aks holda taqdirdoshga aylanishi mumkin bo‘lgan inson bilan yuz ko‘rishishdan mahrum bo‘lasiz. Har bir vaziyat bugun siz xohlagan ko‘rinishda kechadi. Rahbarlar bilan muloqotda madaniyat talablariga albatta ahamiyat bering. Ayniqsa, yuqori lavozim egallash niyatida yurgan bo‘lsangiz, bu juda kerak bo‘ladi. Salomatlikni ehtiyot qiling.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
17 may siz uchun og‘irroq kelishi kutiladi. Bajarayotgan ishlar unumi sizga bo‘ysunmasligi, ish baroridan kelmasligi mumkin. Ammo bu o‘tkinchi hodisa. Asabni asragan holda harakatlar sodir etsangiz, hammasi yaxshilik bilan tugaydi. Niyatga etish uchun qat’iyatli bo‘lishingiz zarur. Suyukli kishingiz bilan o‘ta muloyim ohangda muloqot qiling, afsuslanmaysiz.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugungi kuningiz unumli kechishini yulduzlar bashorat qilishmoqda. Barcha muammolar ortda qolib, har bir bosgan qadamingiz xayrli bo‘ladi. Faqat salomatlikka boshqa kunlardagiga nisbatan ko‘proq e’tibor qarating. Oshqozoningizda og‘riq paydo bo‘lsa, mustaqil davolanishga o‘tmang va mutaxassisga murojaat eting. Shaxsiy hayotingizda ham osudalik hukm surishi kutilmoqda.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
17 may kuni «go‘zal yashashga hech kim xalal bera olmaydi», degan shiorni bayroq qilib oling. Lekin buning uchun moddiy to‘kinlik zarurligini unutmang. Shunday ekan, kun bo‘yi elib-yugurib pul ishlab topishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Agar xaridlarni aql bilan amalga oshirsangiz, bilingki, siz g‘olibsiz. Kechqurun toza havoda sayr qilishga odatlaning. Bu ruhan ko‘tarinki bo‘lishingizda katta yordam beradi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun siz uchun har jabhada og‘ir kechishi mumkin. Ish joyingizda hamkasblar bilan munosabatlar masalasi muammo chiqarishi mumkin. Ammo yaqin do‘stlaringiz sizni tashlab qo‘yishmaydi. Ular moliyaviy masalada yaqindan ko‘maklashib yuborishadi. Faqat o‘zingiz kelajakka, odamlarga ishonishni kanda qilmasangiz bas. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling. Issiq kunda ko‘cha taomlarini iloji boricha tanovul qilmang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
17 may kuni hayot yo‘lingizda og‘ir lahzalar ko‘ndalang turishi kutiladi. Ularni engib o‘tish oson kechmasligi mumkin albatta. Buning uchun metin iroda va asab zarur bo‘ladi. Asabni asrashda hazil-mutoyibaga keng o‘rin bering. Beg‘amroq bo‘ling. His-tuyg‘ularni jilovlay biling. Qolaversa, qarindoshlar va do‘stlar ham qarab turishmaydi. Sog‘lig‘ingizni tashqi xavflardan qattiq turib himoya qiling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun taqdirning suyuklisiga aylanishingiz tayin bo‘lib turibdi. Ertalabdanoq a’lo kayfiyatda ish boshlaysiz. Qanchalar o‘z ishining ustasi ekanligingizni boshqalarga namoyish etish uchun imkon tug‘iladi. Moliyaviy masalada esa qat’iy hisob-kitoblar kerak bo‘ladi. Xaridlarga erk bermasangiz, ertangi kunga qadar qiyin ahvolda qolmaysiz. Bugun tavakkalchilikka aslo yaqin bormang.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi: “Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar”
Toshkentda jamoat transporti narxi 3 ming so‘mgacha oshishi kutilyapti
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?