1) Rasm chapda, matn o‘ng tomonda
Brend o‘z logotipini reklama qilayotgan paytda tasvir chap tomonda, matn esa o‘ngda bo‘lishi muhim. Sababi, miyaning o‘ng yarimshari tasvirni tahlil qilishga javob beradi, bundan tashqari miya vizual axborotni ko‘zgudagidek qabul qiladi. O‘ng tomonda berilgan tasvirni tahlil qilish uchun uni dastavval to‘ntarish kerak. Chapda rasmni joylashtirish orqali miyamizning ishini yengillashtirib, 100 mlrd neyronlarimizni boshqa vazifani bajarishga undaymiz.
2) Tasvirlarda aniq ifodasiz yuz qiyofalaridan foydalaning
Yuzni tahlil qilgach, miyada avval duch kelingan qiyofalar solishtiriladi. Agar kishi kulayotgan yoki xo‘mrangan yuzni ko‘rsa, uning xursand yoki xafaligini darrov biladi. Aniq ifodasiz yuz ko‘rinishi miyani tasvir ustida ko‘proq ishlashga majbur qiladi.
Mona Lizani olaylik. Odamlar u nima haqida o‘ylayotganini bilish uchun qancha yillar sarflayaptilar
3) Qancha kam bo‘lsa, shuncha yaxshi
Internetdan ko‘p seriallar yuklab olganlar bilishadiki, jarayonda qancha ko‘p reklama bo‘lsa uni ko‘rilish ehtimoli shuncha kamayadi.
“Reklamalarni bloklovchi texnologiyalar sabab, nashrlarning reklama va kontent sifati o‘rtasidagi balansni ushlab turishi vazifasi paydo bo‘ldi, – deydi Bendern. Aqlli nashrlar reklamalar sonini cheklab bo‘lsa-da o‘z daromadlarini oshirib bormoqdalar, chunki foydalanuvchilar reklamani qabul qilishga tayyorlar agar u saytdagi asosiy narsa bo‘lmasa”.
4) Aylanaga olingan hududlar – eng yaxshisi
Evolyutsiya kishilarni xavfli, o‘tkir narsalardan qochishga, himoyalanishga o‘rgatdi. Dizayndagi “o‘tkir burchaklar” foydalanuvchi ongida ulardan qochish tasavvurini uyg‘otadi.
Sezganingizdek, Apple (yaqin oragacha) mahsulotlari dizaynida o‘tkir burchaklar, uchlar o‘rniga aylanalar, qiyaliklardan foydalanib kelgan. Bu mijozni uzoqlashtirmay aksincha o‘ziga tortadi.
5) Yarim qoida
Benderning fikricha, 1 soniyadan kam tomosha qilingan reklamalar reklama beruvchiga jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi, 2 soniyadan ko‘proq ko‘rilganini esa “oltin oraliq” deyish mumkin.
Manba: Like It “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi