01:19 / 12.10.2017
14 999

Yig‘i – salomatlik uchun foydali (mi)?

Yig‘i – salomatlik uchun foydali (mi)?
Tabassum qilish insonning jismoniy va ruhiy salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bugungi kunda hech kim uchun sir emas. Olimlar fikriga ko‘ra, jilmayish va kulish jarayonlari immunitetni oshiradi, yig‘i esa salomatligingizni mustahkamlaydi. Buyuk Britaniya hamda Qo‘shma Shtatlarda olib borilgan keng ko‘lamli tadqiqotlar bu borada aynan shunday to‘xtamga kelish uchun asos yaratdi.

Minnesot hamda Lankaster universiteti olimlari yig‘i va uning natijasida organizmda sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzata turib, yig‘lash ham inson uchun kulishdan kam bo‘lmagan ijobiy natijalar berishini aniqladilar. Bu borada faqatgina qachon va qanchalik ko‘p yig‘lashning ahamiyati bor.
Minnesot Universiteti olimlari yig‘lash davomida biroz ko‘z yosh to‘kib olgan 88,8% kishilarda kayfiyat ko‘tarilishi jarayonini payqadilar. Buning boisi inson tushkunlik holati sabab yuzaga kelgan ko‘z yoshdan halos bo‘lishidadir. Organizm ko‘z yosh bilan birga tanadan yurak hurujini paydo qiluvchi moddani chiqarib tashlaydi. Bundan tashqari, yig‘lash jarayoni chuqur nafas olish bilan kechib, ushbu holat tanadagi kortizol – stress gormoni darajasining pasayishiga olib keladi.

Tajriba ishtirokchilarini kuzatgan Uilliam Freyning ta’kidlashicha, yig‘i qator ijobiy sifatlarga ega. Ko‘z yosh – emotsional va jismoniy sabablar tufayli yuzaga keladi. Yig‘ining birinchi turida ko‘z yoshni tushkunlik holati paydo qilsa va ikkinchi turi og‘riq natijasida yuzaga kelib, har ikki holat sabab to‘kilgan ko‘z yosh tarkibi turlicha bo‘ladi.

Britaniyalik olimlar o‘z navbatida yig‘lash jarayonining psixologik tomonlarini alohida qayd etdilar. Ko‘pchilik insonlar atrofdagilar uni ojizlikda ayblashlaridan qo‘rqib hissiyot va ko‘z yoshni “ichlariga yutadilar”. Bordi-yu atrofdagilar sizni to‘g‘ri tushunishlariga shubhangiz bo‘lsa, toza havoda, biroz yolg‘iz qolgancha yig‘lab olgan ma’qulroq. Chuqur nafas olish va organizmni ortiqcha “yuk”dan halos qilish teran fikrlashga yo‘l ochib beradi.

Ammo, har narsaning me’yori yaxshi bo‘lgani kabi yig‘ida ham chegarani unutmagan durust. Haddan ortiq ko‘p yig‘lash teri qatlamlarida namlikning yo‘qolishi, buning natijasida esa rangi va holatining yomonlashishiga olib keladi. Olimlar haftada bir marta yig‘lab olishni me’yoriy holat deya baholashmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yig‘i – salomatlik uchun foydali (mi)?