MUHABBATNING KO‘ZI KO‘R
Munisa yaxshi ko‘rgan kofta-yubkasini kiydi, lablariga, yuz-ko‘zlariga Nig‘mat akasi olib bergan bo‘yoqlardan surdi. O‘zining oynadagi aksiga birpas tikilib turdi. Bo‘yoqdan so‘ng chet el shampuni bilan yuvilgan sochining tovlanishiga, oppoq, do‘mboq yuzlari, qalin qoshlari, sal qursa, koftadan chiqib ketgudek ko‘pchib turgan ko‘kraklariga mahliyo bo‘ldi. «Ana endi hozir Nig‘mat akam ko‘rsa, qotadi! — o‘ziga-o‘zi ovoz chiqarib dedi u. — To‘g‘ri-da, shunday kelishgan, bo‘ydor yigitga munosib bo‘lishim ham kerak-da!..»
— Ha-a, yana o‘shaning oldiga yugurmoqchimisan? — Munisa kutilmagan ovozdan seskanib orqasiga o‘girildi. Oyisi Mahbuba opa ekan. Hali ellikka ham kirib ulgurmagan bu ayol ikki yil avval erini tuproqqa topshirib, butkul cho‘kib qolgandi. Azbaroyi ozib ketganidan yonoqlari bo‘rtib chiqqan, ko‘z qarashlari ma’yus…
— Oyi, u yigitning nimasini yomon ko‘rasiz-a? — Munisa garchi oyisining ahvoliga achinsa ham, baribir, har safargidek erkalangan ohangda so‘z qaytardi. — Binoyiday-ku! Qachon qarasa…
— Hech qayerda ishlamaydigan odamdan yaxshilik chiqmaydi, bildingmi? — qizini jerkib berdi Mahbuba opa. — Yosh bola emassan, yigirmaga qarab ketyapsan… Odamminan odamning farqiga borgin-da mundoq!..
— Men u bilan bir maktabda o‘qiganman, qanaqa odamligini yaxshi bilaman!..
— Maktabda o‘qiganingminan bilib qolmaysan…
— Men uni yaxshi ko‘raman!.. E, siz sevgini qayoqdanam tushunardingiz…
— Yolg‘iz bolamsan, turtinib qolmagin, deyman-da, qizim!.. — Mahbuba opa ortiq hech narsa demadi. Boshini xam qilgancha balkonga o‘tib ketdi. Munisa esa, go‘yoki hech gap-so‘z bo‘lmagandek, sumkachasini qo‘liga oldi-da, uchrashuvga oshiqdi.
NIG‘MAT
U yigirma besh yoshda. Keng yelkali, qorachadan kelgan, novchagina yigit. Nig‘matning ham otasi yo‘q. Onasi Ro‘zixon qaysidir kasalxonaning polini yuvadi. Topganini ro‘zg‘orga tashiydi…
Nig‘mat anchagina maqtanchoq ham. Ayniqsa, qachonlardir boks bilan shug‘ullanganini aytib, hech qaysi o‘rtog‘iga gap bermaydi. Ammo Munisaga bunday qilmaydi. U qadar yondim-kuydim deb jar solmasa-da, ko‘nglini olishga, uchrashuvlarga kechikmasdan borishga intiladi… Ochig‘i, shunday huriliqodan ayrilib qolgisi kelmaydi.
Biroq… shu bugun niyati buzildi. Onasining tungi smenaga ketganidan foydalanmoqchi bo‘ldi… Balki barda ulfatlari bilan o‘tirib, picha kayf qilganidan shunday qarorga kelgandir… Munisani butun kecha olib qolmoqchi bo‘ldi. «U meni sevadi… Qattiq sevadi, — xayolidan o‘tkazdi Nig‘mat. — Tak-chto, ra’yimni qaytarmaydi… Qaytarolmaydi… Voobùe, qo‘g‘irchoq qilib o‘ynatmasam, nega sudrab yuribman uni?..» Nig‘mat ham «ko‘cha ko‘rgan», zamonaviy yigitlardan-da, niyatini Munisaga shartta aytib qo‘ya qoldi.
— Bugun biznikiga boramiz, — dedi u Munisaning yuzlaridan hazillashgannamo chimchilab, — bi-ir miriqib o‘tiraylik!..
Bu gapni eshitib Munisaning rangi oqarib ketdi.
— E, yo‘q, bormayman!..
— Nimaga? — Nig‘mat beixtiyor zarda bilan qizni o‘ziga tortdi. — Sevmaysanmi meni?.. Demak, hammasi yolg‘on ekan-da?!
— Darrov shunaqa deysiz-a, Nig‘mat aka, — Munisa yigitning ko‘ksiga bosh qo‘yib, yolg‘ondakam hiqillab qo‘ydi. — Uyalaman… Oyingizdan uyalaman…
— Xudoga shukr-yey, — oh tortib Munisani o‘ziga qattiqroq tortarkan, Nig‘mat uzoq-uzoqlarga tikilib mamnun jilmaydi. — Men seni aynib qoldingmi deb o‘ylabman… Qo‘rqma, oyim ishda, ikkalamizdan bo‘lak hech kim bo‘lmaydi, ketdik, kech bo‘p ketmasin!..
Munisa har galgidek ishq o‘tida yonib, yigitning shirakayfligiga ham e’tibor qilmadi. O‘zini oldinda nimalar kutayotganini o‘ylab ko‘rmadi. Chunki u o‘zining ilk muhabbatiga — qalbini qaynoq hislaru, turli shirin va’dalarga ko‘mib tashlagan Nig‘matga qattiq ishonardi.
VISOL VA AYRILIQ ORASI
Sevgining ko‘zi ko‘r. U vujud yoniq payti hech nima payqamaydi, ko‘rmaydi. Yo‘lida uchragan g‘ovlarni ezg‘ilab, toptab ketaveradi. Munisada ham shunday bo‘ldi. Nig‘matning shinamgina, odmigina kvartirasida o‘tirib, nega yigit stolni noz-ne’matga, ichkilikka to‘ldirayotgani haqida o‘ylab ko‘rmadi. «Meni mehmon qilgisi kelgandir-da!», deb xayol qildi… Xullas, ular bir soatchayeb-ichib o‘tirishdi. Vaqt ham xuftonga yetdi. Nig‘matning yana-da kayfi oshdi, hirs to‘la ko‘zlari tobora o‘tkirroq chaqnadi. Munisaga shampan vinosi ta’sir etib, yuzlari olovrang tus oldi. Ko‘zlari suzilib, sevgilisining har bir shirin so‘zi yog‘day yoqib, soniya sayin erib ketaverdi…
PUShAYMONDAN FOYDA YO‘Q
Oradan ma’lum vaqt o‘tib, ikkovlari ham ikki burchakda shumshaygancha bosh egib o‘tirishardi. Nig‘mat xayoli ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketgan, piqillab yig‘layotgan Munisani yupatishga so‘z topolmasdi. Lekin… Baribir, nimadir qilish kerak-ku!.. Bu ishni issig‘ida «bosdi-bosdi» qilmasa bo‘lmaydi-ku!..
Nig‘mat sal o‘zini qo‘lga olib Munisaning yoniga borib o‘tirdi.
— Bo‘ldi… Vahima qilavermasang-chi!.. Uylanaman dedim-ku!..
— Qachon? — Yosh to‘la ko‘zlarini yigitga tikdi Munisa. — Bu ishingiz bir dard bo‘lsa, kech qolganim…
— Obbo, ja vahima ko‘tarishni qotirasan-da o‘zingam!.. — Nig‘mat uni bag‘riga bosib erkalagan bo‘ldi. — Qizlik degan narsa-chi, aslida bu zamonda unchalik rol o‘ynamaydi… Qolaversa, men so‘zidan qaytadigan yigitmasman… Yur, kuzatib qo‘yaman!..
— Oyimga nima deyma-an?..
— Hozir biron-bir bahona topaman, keyin… Mabodo oying «hidlanib» qolsa, ikki kun o‘tib sovchi yuborarkan, deysan!..
— Rostmi shu gapingiz, rostmi?.. — beixtiyor Nig‘matning bo‘ynidan quchoqlab oldi Munisa. — Aldamayapsizmi?..
— Yuz marta takrorlamayman-ku!.. Tur o‘rningdan!..
Munisa itoatkorona o‘rnidan qo‘zg‘aldi-da, kiyimlarini to‘g‘riladi. Sochlarini turmaklash niyatida ko‘zgu ro‘parasiga bordi-yu, bo‘ynidagi sanoqsiz tish izlarini ko‘rib, esxonasi chiqib ketayozdi.
— Nima qip qo‘ydingiz?.. Endi qanday ko‘chaga chiqaman buminan?..
Nig‘mat buning ham yo‘lini topdi: javondan oyisining harir ro‘molini olib, Munisaning bo‘yniga tashladi va sovuqqonlik bilan dedi:
— Ma, hadeb ming‘ir-ming‘ir qilavermay, manavini tang‘ib ol!..
Munisa Nig‘matdan — dunyoda yagona sevgim deb bilgan yigitdan bu taxlit munosabatni kutmagan edi. Hech narsa deyolmadi. Chunki, Nig‘mat allaqachon tuflisini kiyib, qovog‘ini uygan ko‘yi ostonada turardi.
ShARMANDALIK
Munisa to uyigayetib olguncha, soat kechki o‘n birdan oshdi. Chilonzorning serdaraxt, sokin ko‘chalarida ulovlarning oyog‘i tinib, yanada huvillab qoldi. Mahbuba opa esa, tevaragini chinor, qayrag‘ochlar o‘ragan uy ro‘parasida hanuz yo‘l qarab o‘tirardi. Eshitilgan har bir sharpadan quloqlari ding, toliqqan ko‘zlari giryon edi…
Asta-sekinlik bilan uy tomon yaqinlashib kelgan Munisa esa, tashqarida oyisi o‘tirganini ko‘rib, battar xunob bo‘ldi. Xayolan turli bahonalar, jo‘yali javoblar izladi. Shundog‘am og‘riq va holsizlikdan bukilib-bukilib ketayotgan oyoqlari go‘yoki uvishib, hech narsani sezmay qoldi. Ustiga-ustak, bo‘ynidagi yupqa, silliq ro‘mol, asabiylashganidanmi, bog‘ichi bo‘shab, kichik yaralar ochilib qolaverdi…
— Voy o‘lmasam. Shu mahalgacha qayerlarda yuribsan!.. — Mahbuba opa chiroq yorug‘ida qizining oqargan yuzlarini noma’lum xavotir aralash kuzatib, norozi javrana ketdi. — Senga nima jin urdi o‘zi?.. Nega bo‘yningni boylavolding-a?..
Avvaliga Munisa biror bahona bilan qutulib ketishni mo‘ljallagan edi. Biroq kutilmaganda kipriklari ostidan sizib chiqqan yosh sirni ochib qo‘ydi. Qolaversa… Umri bino bo‘lib oyisiga yolg‘on gapirmagan. Qancha o‘zini majburlamasin, epini qila olmadi. Nima bo‘lgandayam, bor gapni aytmoqchi bo‘ldi… Afsuski, ich-ichidan to‘lib kelayotgan yig‘i og‘iz ochishga qo‘ymasdi.
— Nimaga ranging bir ahvolda? — tergashda davom etdi Mahbuba opa. — Gapir!.. Tildan qolganmisan?..
Munisa dastro‘molchasi bilan ko‘z yoshlarini artib, bazo‘r yig‘lashdan o‘zini tiydi.
— Oyi, kechiring!.. Meni kechiring!..
— Nimani kechiray?.. Buyoqqa yur-chi!..
Mahbuba opa yuragi g‘ashlanib qizini uyga boshladi.
— Kechalari sang‘imay quribgina ketsin hozirgi yoshlar!..
Ona-bola ortiqcha shovqin ko‘tarmasdan ichkari kirishdi.
— Xo‘sh, anavi go‘rso‘xtang xafa qildimi?.. — Munisa o‘zini bosib olish uchun xontaxta ustida turgan piyoladagi sovuq choydan bir ho‘pladi-da, xuddi jonsiz haykal kabi bir nuqtaga tikilgancha asta shivirladi:
— Men gunoh qip qo‘ydim, oyi!..
— Nima-a?.. Gunoh qip qo‘ydim?.. — Mahbuba opaning yuragi qandaydir ko‘ngilsizlikni sezdi. Oyoq-qo‘llari asabiy titrab, Munisaning bo‘ynidagi ro‘moliga yopishdi. — Bu nima? Voy o‘lmasam!.. Voy sho‘ri-im!.. Hoy, uyatsiz, kim bo‘yningni momataloq qip tashladi? Nima qand yeb yuribsan-a?.. Gapir!..
Oyisining siltashlari shu tobda Munisaga zarracha ta’sir qilmasdi. Qiz karaxt edi. Ammo gapirmasa, haqiqatni aytmasa ham bo‘lmasdi.
— Men… Nig‘mat bilan… Yo‘-o‘q, aytolmayman, oyi, aytolmayman!.. Tilim bormaydi-i!!! — Munisa to‘satdan ovozining boricha dodlab yubordi. — Kechiring, oyijon!..
— Qo‘y, ona qizim, o‘zingni bos!.. Yarim kechasi shovqin ko‘tarma, qo‘shnilar yashitadi-ya…
Mahbuba opa gap nimadaligiga tushunolmay, harchand asabiylashmasin, qizining ko‘z yoshlariga toqat qila olmadi. Uniyelkalaridan bosib yupatishga tushdi.
— Buning o‘rniga, menga yotig‘iminan tushuntir… Axir, onangman-ku!..
— Men… Nig‘mat… Nig‘matminan yotib qo‘ydim… — Bu gapni Munisa zo‘rg‘a, tutilib-tutilib aytdi.
— Nima deding?.. Yo-yotib qo‘yding?.. Q-qanaqasiga?.. Sen-a? — Mahbuba opaning ko‘zlari pirpirab qizini o‘ziga qaratdi. — Shu gaplarni o‘zing gapiryapsanmi-a?..
Munisa ortiq hech narsa deyolmadi. Deyishga o‘zida kuch topmadi. Mahbuba opa esa, hammasini anglabetgach, boshiga gurzi tushgan kabi telbalarcha xonani aylanardi. Shu lahzada yolg‘iz qizining ahmoqona qilmishidan jazavaga tushib, unga tanbeh berishni ham, mushtlab-mushtlab tashlashni-yu yoki bo‘lmasa ovutishni ham bilmasdi.
— Voy, endi nima qilaman-an?.. Bittagina qizim sharmanda qip qo‘ysa, dardimni kimga aytaman?.. Hoy, qaysar bo‘lmayergina yutkur, boshida senga nima degandim?.. O‘sha ittumshuq, bekorchiga ilakishma demaganmidim?.. Yo‘-o‘q, hozir uyiga boraman… Chotini yirtaman o‘shaning!..
— Yo‘q, bormaysiz!.. — ro‘molini boshiga tashlab tashqariga yo‘nalgan oyisining yo‘lini Munisa to‘sdi. — O‘zi kelaman deb aytdi… Ikki kundan keyin sovchi jo‘nataman dedi…
— Kelib bo‘pti, bildingmi, kelib bo‘pti… O‘sha hezalakka ishonib bir umr baxtsiz qolasan hali sen o‘zboshimcha!..
— Unday demang, jon oyi. Nig‘mat akam hezalak emas… Qalbimni parchalamang!.. Uni sevaman, axir!..
— He, sevmay har balo bo‘lgin!.. Bor, ko‘zimdan yo‘qol!
Ona-da, shuncha hovliqib, sal qursa, to‘xtab qolayozgan yuragi qizining bir og‘iz gapi bilan tinchlangandek bo‘lib, o‘zi sekin yo‘lakdagi kursiga cho‘kdi. Qizining yotog‘i tarafga qarab-qarab olayotgan bo‘lsa-da, ikki kun o‘tib uyiga sovchilar kelishiga, harqalay, ishondi.
VASVASA
Nig‘matning qaysarligi, bemehrligi boshiga yetdi. Yoshligidan qimorga mukkasidan ketgandi. Bir joyda ishlab, yolg‘izqo‘l onaizorning qo‘ltig‘iga kirish o‘rniga hamtovoqlariga qo‘shilib, «razbor»larga borib ko‘plab begunoh odamlarning dilini og‘ritgandi. Ko‘pchilikning qarg‘ishini olgandi. Bugun o‘sha qarg‘ishlar o‘qday kelib tegdi… Qilar ishni qilib, endi qay yo‘l bilan Munisaning ko‘zidan, ta’qiblaridan xalos bo‘lishni bilmay turganida, qimorda katta pul yutqazib qo‘ydi. Naq mingta ko‘kidan… Bu Nig‘mat uchun katta pul… Nimaniyam qila olardi?.. Yashab turgan uyini sotib yubora olmaydi. Oyisi sottirib bo‘pti!.. Ro‘zixon opadan oladimi?.. Be, ro‘zg‘orni arang eplayotgan ona shuncha pulni qaydan olsin?!
Ich-yetini alam tirnab tashlagan Nig‘mat o‘zini yutib qo‘ygan Satim qiyshiqqa (bu ham Nig‘matning sheriklaridan bittasi. Ko‘zi sal g‘ilayroq bo‘lgani uchun shunday deb chaqirishardi) yuzlandi.
— Og‘ayni… Shu… Pul o‘rniga boshqa narsa bersam-chi?..
Bir burchakda berilib nasha tutatayotgan Satim qiyshiq istamaygina Nig‘mat tomon qaradi.
— Nimang bor o‘zi?.. Yomon chaynalding-da o‘zingam!..
Nig‘mat biroz taraddudlanib qoldi. Haqiqatan, bu gapni hammaning oldida aytish noqulay. Biroq, hozir aniq bir va’dasini bermasa, chiqib bo‘pti tashqariga. Satim harqalay jo‘raboshiga undan ko‘ra yaqinroq. Qolaversa, «razborchi» degan nomi bor. Qayoqdagi pulni deb sheriklari bilan achchiq-tiziq gaplarga borib o‘tirishi yaxshi emas. Bu narsa, baribir, yaxshilikka olib bormasligini biladi.
— Bilasanmi… Zo‘r qiz bor… Qiz emas-ku, lekin yaxshi narsa… Uyoq-buyog‘iga o‘zim «otvechat» qilaman…
Satim ham anoyi emasdi. Bu ko‘chaga kirgandan beri turli-tumanini ko‘rib yuborgan. Faqat… Nig‘matning didini bilardi. Birorta ko‘zga yaqinini topgan shekilli, deb xayol qildi.
— Obbo sen-yey, — dedi ko‘zlarini qisib, — baribir yo‘l qidirishingni bilgandim… Mayli, agar arzisa, opke!.. Faqat esingda bo‘lsin, mabodo, o‘sha narsang «ment»larga gullab qo‘ysa…
— Ha, to‘g‘ri, — bexosdan gapga aralashdi bir chetda ishtaha bilan kabob kavshayotgan mo‘ylovdor jo‘raboshi Qosim qaysar. — Bola, ana shu tarafiga hushyor bo‘l!.. Keyin… O‘sha jononni birinchi bo‘lib men totib ko‘raman. Menga yoqsa, qarzingdan qutulgan hisoblanasan. Yoqmasa… Pul topishingga to‘g‘ri keladi, akasi!..
Satim o‘ylamay-netmay o‘rnidan turdi-da, Qosimga qulluq qildi. Nig‘mat esa, hech narsa demadi.
KUTISh
Mana, o‘sha orziqib kutilgan tong ham otdi. Ona-bola erta turib uy ichlari-yu, pod’ezdlargacha supurib-sidirishdi. To pishir-kuydir qilib, dasturxon tuzagunlaricha quyosh tikkaga keldi. Yuragi hovliqib ketayotgan Munisa, nima qilishini bilmay, dugonasi Zarinani chaqirdi. Past bo‘yli, qoramag‘izdan kelgan, garchi Munisaga o‘xshab havas kelturgilik chiroy, ko‘z o‘ynatadigan qomatning egasi bo‘lmasa-da, istaralikkina, tortinchoqqina qiz edi Zarina. U ichkariga kirib keldi-yu, goh qovog‘idan qor yog‘ilib, og‘ir-og‘ir xo‘rsinib olayotgan Mahbuba opaga, goh bir chekkada tirnoq bo‘yash bilan ovora bo‘lib o‘tirgan Munisaga boqdi. Mehmonxonadagi tuzalgan dasturxonni ko‘rib esa hayrat aralash yelka qisdi.
— Voy, tinchlikmi?.. — deya dugonasiga yuzlandi Zarina. — Birlaring xursand, birlaring xafa… Dasturxon tuzalganiga qaraganda, mehmon kutyapsizlarmi deyman-a?..
Munisa bunga javoban mayin jilmayib qo‘ydi.
— Ha… Mehmon kutyapmiz.
— Unda nega xolamning kayfiyati yo‘q?.. — Oshxona tarafga ishora qilib asta shivirladi Zarina.
— E, ularni qo‘yaver… Yaxshisi, sochimni turmaklashvor!..
— Yo‘-o‘q… Oldin nima gapligini aytgin…
Munisa sekin o‘rnidan turdi. Oyisi o‘tirgan xonaga o‘g‘rincha mo‘ralab olgach, dugonasining orqasiga o‘tib yelkasiga bosh qo‘ydi.
— Sovchilar keladi bugun…
— Sovchilar?.. Kimdan?..
Munisa Nig‘mat dugonasiga yoqmasligini bilardi. Har gal u bilan gaplashganida koyib beradigan ham shu Zarina edi. Biroq yashirishdan nima foyda?.. Baribir, ko‘radi-ku!.. Qolaversa, Nig‘matning u o‘ylaganchalik nomard emasligini bir ko‘rib qo‘ysin!..
— Nig‘mat akamdan, — dedi u Zarinaning sochlarini barmoqlari bilan ohista tararkan. — Bugun va’da bergan.
— Voy-voy-yey! — Zarina kutilmaganda chopqillagancha Mahbuba opaning yoniga kirdi. — Xola, nega Munisani o‘shanga beryapsiz? U, axir… Yomon bola-ku!.. Dugonamga umuman mos emas u…
— Sevgi, bolam, sevgi! — Mahbuba opa bo‘shashibgina guruch tozalayotgandi. Istar-istamas boshini ko‘tarib kinoya aralash gapirgan bo‘ldi.
— E, u Munisani xor qiladi. Tiriklay go‘rga tiqadi, xola-a!.. Hoy, Munis!.. — Zarina jonholatda mehmonxona tomon o‘tayotganda, tashqari eshikning qo‘ng‘irog‘i jiringlab qoldi.
— Ana, kelishdi shekilli, oyi!.. — Munisa andishani ham unutib, hech kimni kutib o‘tirmasdan eshikni ochib yubordi-yu… Turganerida tosh qotdi. Chunki, ostonada sovchilar emas, Nig‘matning o‘zi turardi.
YoLG‘ON VA’DA
— Siz?.. — Munisa birpaslik sukutdan so‘ng yo‘lakka chiqib, eshikni tashqaridan yopdi-da Nig‘matga tik boqdi: — Nega keldingiz? Yo sovchilaringizni o‘zingiz opkelyapsizmi?..
— Tashqariga chiqaylik! — Nig‘mat javob berish o‘rniga orqaga tisarildi. — Gap bor…
Munisaga ham shunisi qulay edi. Chunki, hozir oyisi chiqib qolsa, jahl ustida, baribir, yomon gapirib qo‘yishidan qo‘rqardi. Shu sababli indamaygina Nig‘matning ortidan yurdi…
Hovliga chiqishgach, yigit gap boshladi.
— Bilasanmi, — dedi u chaynalib, — sovchilar masalasida problema tug‘ilib qoldi…
— Nimaga?.. Kelmaydigan bo‘lishdimi?..
— Nega kelmasakan? Keladi. Faqat… Tog‘amga aytgandim… Nomiga bo‘lsayam, kelinning o‘zini ko‘raylik, deyishyapti…
— Nimaga ko‘radi?.. Qayda yozilgan bunaqa qonun? — javrab berdi Munisa asabiylashib. — Sizga yoqqanimning o‘zi yetarli emasmi?
— To‘g‘ri… Lekin… nomiga dedim-ku!.. Keyin kechqurunning o‘zida uyingga kelishadi besh-oltita bo‘lib… Menga ishonmaysanmi?..
— E, qiziqmisiz?.. Uyalaman…
— Nimadan uyalasan?.. Tog‘am ko‘zingga ko‘rinmaydi. Senga ro‘para bo‘lmaydi. Yursang-chi, bo‘lib turgan ishni buzmay!..
Nig‘mat so‘nggi gaplarini shu qadar kuyinib gapirdiki, hatto, Munisaning rahmi kelib ketdi. «Bechoraginam-yey, — ko‘nglidan o‘tkazdi u, — ikkalamizning baxtimizni o‘ylab kuyib-pishsa-yu, men buyerda nozlanib o‘tirsam… Boraman… Dunyoning narigi chekkasiga bo‘lsayam boraman… Sevgim uchun, baxtim uchun kurashaman…»
— Bo‘pti, — dedi Munisa Nig‘matga yoqimli jilmayish qilib, — hozir kiyimimni almashtirib, oyimga aytaman-u, chiqaman…
Nig‘mat qiz ortidan kulimsiragancha qarab qoldi.
XO‘RLIK
Ular jin ko‘chalardan o‘tib to ko‘zlangan manzilgayetib kelgunlaricha qorong‘i tushib qoldi. Nig‘mat to‘rt qavatli eski uy ro‘parasida to‘xtab, nafas rostlagan bo‘ldi-da, Munisani qo‘lidan yetaklab qorong‘i pod’ezdga boshladi… Tashqari eshik ochiq ekan. Oldinma-ketin ichkariga kirishdi. Kvartirada negadir jo‘raboshi Haybatilladan bo‘lak hech zog‘ yo‘q edi. U Munisani ko‘rdi-yu, jundor, sergo‘sht gavdasini namoyish qilmoqchidek birpas kerishib turdi. Shu asnoda qizni ham boshdan-oyoq kuzatishga ulgurdi.
— Opoq qiz, Nig‘mat senga kim bo‘ladi?.. — Haybatilla erinmay borib javon ustidagi qo‘l telefonini olib kelgandan so‘ng Munisani savolga tutdi.
Qiz bunday savolni kutmagandi. Dovdirab qoldi. Bir Nig‘matga, bir o‘zigayeb qo‘ygudek tikilib turgan erkakka qaradi… Qirq yoshni urib qo‘ygan xunuk bashara bu erkak sirayam Nig‘matning tog‘asiga o‘xshamasdi nazarida… Lekin… Chiqmagan jondan umid. «Balki, men yanglishayotgandirman?..» deb xayol qildi.
— Biz… Turmush qurmoqchimiz… — asta shivirladi u yerdan boshini ko‘tarmay (Munisa «haqiqatan bo‘lajak tog‘amiz bo‘lsa, sharmanda bo‘lib yurmay», degan o‘yda iloji boricha boshiniyerdan ko‘tarmayotgandi).
Bu gapni eshitgan Haybatilla keskin Nig‘mat tomon o‘girildi va to‘satdan xoxolab yubordi.
— Nima-a?.. Turmush qurmoqchisiz?.. Axir… Nig‘mat seni allaqachon bizga sotib yuborgan-ku!..
Munisa «yalt» etib Nig‘matga qaradi. Yigit esa go‘yo hech narsa eshitmagan bo‘lib deraza tomon ketdi.
— Nima deganingiz bu? — zo‘rg‘a ovoz chiqarib so‘radi qiz. — Meni… Nimaga sotadi?.. Siz… Axir… Tog‘asi ekansiz-ku!..
— Tog‘asi?.. — hanuz kulishda davom etardi Haybatilla. — Men hech qanaqangi tog‘asimasman. Jo‘raboshiman, xaloskoriman buning… Qimorda seni boy berib qo‘ydi, qizgina!..
Munisaning rangi oqarib, ko‘z oldi qorong‘ilashdi. Aldagani uchun, qimorbozligini, yomon odam ekanini shu paytgacha yashirib kelgani uchun hozirning o‘zida Nig‘matni yumdalab tashlamoqchi bo‘ldi. Ammo gavdasini qimirlata olmadi, oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmadi. Ich-ichidan otilib kelayotgan faryodni arang to‘xtatib, jonsizgina pichirlay oldi.
— Maraz… Pastkash…
— Mayli, opoq qiz, — deya uni yupatgan bo‘ldi Haybatilla biroz jiddiy tortib, — bo‘lar ish bo‘lgan… Bizning ko‘chaga kirganlarning chiqishi juda qiyin bo‘ladi…
— M-men hozir… Melisaga boraman!.. — Munisa endi deyarli bor ovozda yig‘lagancha, titrab-qaqshab orqaga tisarildi. — Nomusimni oyoqosti qilgani uchun…
— Hay-hay-hay!.. — Haybatilla eshik tomon yo‘nala boshlagan Munisaniyelkasidan ushlab o‘ziga qaratdi. Shu orada derazaga orqasini beriber chizayotgan Nig‘matga xo‘mrayib olishniyam unutmadi. — Nomusim deysanmi?.. Demak, seni shu narsaga erishish uchun uylanaman deb ishontirgan, shundaymi?.. Yaxshi-i… Zap vaqtida aytding… Faqat… Milisaga borib o‘tirish shartmas, ha!.. O‘zimiz beramiz jazosini… Qani, bu yoqqa yur-chi!.. Boshidan gapirib ber-chi!..
Munisa hech narsani anglamagan ko‘yi Haybatillaning ortidan yurdi. Narigi xonada uni nimalar kutayotgani esa, yolg‘iz Xudoga ayon edi.
«HUJUM»
Qirqqa kirib, deyarli yarim umrini qamoqxonalarda o‘tkazgan Haybatilla hech narsadan qaytmasdi. Hamtovoqlari ham uning turmalardagi «ibratli tarixi»ni yaxshi bilganliklari uchun hech qachon yuziga tik qaray olishmasdi. Davralarda Haybatilla jo‘raboshining aytgani-aytgan edi…
U Munisani ichkari xonaga olib kirgach, qiladigan ishlarni xayolan rejalashtirdi: «Demak, hozir qizni totib ko‘radi-da, keyin «shogird»larga Nig‘matni tinchitishlarini buyuradi. Chunki, o‘z ayolini sotgan odam hech qachon «razborchi» bo‘la olmaydi…»
— Qani, opoq qiz, beri kel-chi!.. — Haybatilla o‘ta xotirjamlik bilan ko‘ylagini yechib Munisaning yelkasidan tutdi.
— Nima qilyapsiz?.. Qo‘lingizni torting!.. Men siz o‘ylagan qizlardan emasman… — Munisa titrab-qaqshab o‘zini chetga tortdi.
— Noz qilib qayergayam borasan?.. Axir, erkak ko‘rgan…
— Yo‘qol, isqirt!.. — Ovozining borcha qichqirib eshikka yopishdi Munisa. — Men… Hozir odamlarni chaqiraman!..
— Hali shunaqami?.. — Bu qadar sovuq muomalani kutmagan erkak jonholatda qizni divanga itarib yubordi-da, eshikni ochdi. — Nig‘mat, buyoqqa kir!..
— Ha, aka… — Yo‘lakda ketma-ket sigaret tutatib, u yoqdan-bu yoqqa borib kelayotgan Nig‘mat Haybatillaning qarshisida paydo bo‘ldi.
— Manavi manjalaqini ushlab tur!
— Xo‘p bo‘ladi, aka!..
— Yo‘-o‘q!.. Yo‘qol!.. Tegma menga, hezalaklar!..
— Nima-a?.. Hezalak?.. — Bunday haqoratga ko‘nikmagan Haybatillaning ko‘zlari qonga to‘ldi. Nima qilmoqchi ekanini ham unutib kutilmaganda Munisaning yuziga musht tushirdi. — Hezalakmish… Ko‘rsatib qo‘yaman senga!
Haybatilla bir og‘iz haqoratli so‘z tufayli Munisani ayovsiz tepkilayverdi. Albatta, Nig‘mat ham qarab turgani yo‘q. Jo‘raboshiga yana-da yaxshi ko‘rinish uchun o‘zi yaqindagina silab-siypalagan, shirin bo‘salarga ko‘mgan qizni kaltaklashga jo‘r bo‘ldi. Hash-pash deguncha Munisa a’zoyi-badani qonga bo‘yalib, yalang‘och polda cho‘zilib yotar, na o‘lganini, na tirikligini anglab bo‘lardi.
— Ana endi ulushingni olding! — deya shosha-pisha telefonni qo‘liga oldi Haybatilla. — Ajabmaski, shu bahona aqling kirgan bo‘lsa…
U telefon orqali kimlargadir tegishli ko‘rsatmalar berdi-da, indamay tashqariga chiqib ketdi. Nig‘mat bo‘lsa, uning ortidan bir og‘iz minnatdorchilik so‘zini kutgancha qolaverdi…
BEDAVO DARD
… O‘sha kuni tunda Munisa qandaydir anhor bo‘yida, hammayog‘i qayrag‘ochlar bilan o‘ralgan kimsasiz joyda o‘ziga keldi. Momataloq bo‘lgan joylari simillab og‘rir, yuz-ko‘zlari, sochlari orasidagi qonlar qotib qolgandi…
O‘rnidan turdi-yu… Hech narsani fahmlay olmadi… Haybatilla va Nig‘matning ayovsiz tepkilari sabab ham xotirasidan, ham es-hushidan ayrilganini anglashga qurbi yetmadi…
Bir ozdan so‘ng beixtiyor qandaydir qo‘shiqni xirgoyi qilgan ko‘yi sochlarini yoydi. Boshiga mushtlab-mushtlab ko‘rdi… Keyin… Birdan qo‘shiq aytishni bas qildi-da, ovozining boricha kulib yubordi va anhorga kesak uloqtirishga tushdi. Shu tobda anhor o‘rtasida odamga, to‘g‘rirog‘i jasadga o‘xshash bir nima lopillab oqib o‘tdi. Munisa bu jasadni tanimadi, ammo xoxolab kulgancha ketma-ket kesak uloqtiraverdi.
Holbuki, anhorda Nig‘matning murdasi oqib ketayotgandi… Qimorboz o‘rtoqlari uni shunday jazolashgandi…
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi