
Xitoy va AQSH uzoq muzokaralardan so‘ng savdo sohasida “asosiy kelishuv”ga erishdi. Bu haqda Xitoyning rasmiy OAVlari xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari He Lifeng boshchiligidagi delegatsiya AQSH moliya vaziri Skott Bessent hamda savdo bo‘yicha vakil Jeymson Grir bilan ochiq va samarali muloqotlar o‘tkazgan. Tomonlar o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik va savdo masalalari yuzasidan fikr almashgan.
Shuningdek, Xitoy va AQSH yetakchilari yaqin kunlarda Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (APEC) sammiti doirasida uchrashishi rejalashtirilgan.
Mutaxassislar bu muzokaralarni ikki davlat munosabatlaridagi taranglikni yumshatish yo‘lida muhim qadam sifatida baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!