Yoxud miya uchun ajoyib gimnastika
Soch oqarishi, yuzga ajinlar tushishi, ko‘z nurining pasayishi... Bularning bari yosh o‘tayotganidan darak.
30-40 yoshdan keyin ko‘pchilik ushbu o‘zgarishlarni kamaytirish uchun harakat qila boshlaydi. Ammo o‘tgan yillar miyada ham o‘ziga xos iz qoldiradi. Nevaralarning ismini adashtirish, aytmoqchi bo‘lgan gapini esdan chiqarish, ziyraklikning pasayishi kabilar shular jumlasidan.
Quyida miyani xuddi yoshlikdagidek ishlashga majbur qiluvchi sodda mashqlar bilan tanishing.
Ijodkorlik va nostandart fikrlashni rivojlantiring
Buning uchun: ayrim kundalik yumushlarni chap qo‘lda (agar chapaqay bo‘lsangiz, o‘ng qo‘lda) bajarishga harakat qiling. Masalan, chap qo‘lda yozing, tishingizni yuving, ovqatlaning, rasm chizing.
Foydasi: bu mashq miyaning ikkala yarimsharini baravar ishlatishga yordam beradi.
Miyaning sensor qismi layoqatini yaxshilang
Buning uchun: ko‘zingizni yumgan holda xona ichida yuring; Brayl alifbosini o‘rganib, ko‘zi ojizlarga mo‘ljallangan kitoblarni o‘qishga harakat qilib ko‘ring; cho‘ntagingizga bir nechta tanga solib, ularni paypaslab, necha so‘mlik tangaligini aniqlang.
Foydasi: miyaning sensor qismi juda kam yoki umuman ishlatilmaydi. Bu mashq miya neyronlari uchun eng yaxshi gimnastika hisoblanadi.
Tashqi qiyofangizda biror o‘zgarish qiling
Buning uchun: soch turmagini o‘zgartiring, yangicha bichimdagi kiyim xarid qiling.
Foydasi: odam yangi kiyimda o‘zini boshqacha his qiladi, bu esa fikrlash jarayonini ham o‘zgartiradi. Psixologiyada bu «Kiyim effekti» deyiladi.
O‘zingiz uchun yangilik kashf qiling
Buning uchun: ishga har doimgi emas, boshqa yo‘ldan boring. Biror joyga sayohatga chiqing. Ko‘rgazma va muzeylarni aylaning.
Foydasi: bu harakat qisqa va uzoq muddatli xotiraga mas’ul bo‘lgan miyaning gippokamp qismi kattalashishiga yordam beradi.
Ba’zi odatiy narsalarni o‘zgartiring
Buning uchun: hafta yoki oyda bir marta xona jihozlari o‘rnini almashtiring. Oshxonada idish-tovoqlarning ham joyini almashtirib taxlang. Uyda bir oyog‘ingizga poshnali, bir oyog‘ingizga esa poshnasiz poyafzal kiyib yuring.
Foydasi: odatiylik miyani toliqtiradi. O‘zgarishlar eslab qolish qobiliyatini yaxshilaydi.
Xotira va nutqingizni mashq qildiring
Buning uchun: «Ishlar yaxshimi?», «Nima yangiliklar?» kabi savollarga har doim har xil javob berishga harakat qiling. Latifa va tarixiy voqealarni eslab qoling va yaqin tanishlaringizga ularni aytib bering.
Foydasi: agar aytayotgan har bir jumlangizga ijodiy yondashsangiz, o‘zingiz bilmagan holda miyadagi nutq markazini rag‘batlantirgan bo‘lasiz. Bu esa parishonxotirlikning oldini oladi.
Tadqiqot:
Illinoys universiteti (AQSh) tadqiqotchilari haftasiga 150 daqiqa miyani gimnastika qildirish va har kuni kamida 500 metr piyoda yurish orqali bosh miya qobig‘i hajmini kattalashtirish mumkinligini isbotladi. Bu esa xotirani mustahkamlash, diqqatni bir narsadan boshqasiga oson qaratishga ko‘maklashadi. Ko‘pchilik keksalar esa aynan shu ikki muammodan aziyat chekadi. Tadqiqotchilar bosh miya qobig‘idagi ijobiy o‘zgarishni kompyuter tomografiya tekshiruvi va ishtirokchilarning holati orqali aniqlashdi.
Dilroz ABRAYeVA
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin