O‘tgan asrning 60-yillarida g‘arb mamlakatlarida sodir bo‘lgan “madaniy inqilob” er, xotin va bolalarni oilaviy vazifalar, burch va mas’uliyatdan ozod etib, oilaga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni yo‘qqa chiqardi. Bu hol oilaning yemirilishiga sabab bo‘ldi. Hukmronlikni qo‘lga olgan “ommaviy madaniyat” kechayu kunduz azaliy qadriyatlarni kamsitib, hatto ayolning eri va bolalari bo‘lishi tabiiy, hayotiy ehtiyoj ekani haqidagi tasavvurlar ustidan ham kulib keldi. Bugungi kunda ayolni onalik vazifasidan butkul mahrum etishga intilayotgan kuchlar ham paydo bo‘ldi.
Bunday vaziyat vujudga kelishida o‘tgan asrning boshlarida ko‘p g‘arb mamlakatlarida shakllangan va bugungi kunga kelib ijtimoiy harakatga aylangan feminizmning “xizmat”i katta bo‘lgan. Masalan, ashaddiy feminist ayollardan biri oila-nikoh masalasi haqida to‘xtalib, bunday xato fikrlarni yozgan: “Nikoh bu – qullikning bir shakli. Shunday ekan, ayollar harakati ana shu institutga qarshi yo‘naltirilishi zarur. Negaki, nikoh barham topmagan jamiyatda ayollarning ozod etilishiga umid qilish xomxayoldir”.
Afsus, bu g‘oyalar ta’sirida million-million g‘arblik ayollar oila qurish va bola tug‘ishdan voz kechmoqda, oilaning barcha dinlarda qoralangan noan’anaviy shakllari paydo bo‘lmoqda.
1970 yildan hozirgi vaqtgacha nikohsiz yashayotganlar soni 523 mingdan 6,5 milliongacha, ya’ni 1000 foizga oshgani, faqat to‘rt xonadondan bittasida to‘liq oila istiqomat qilayotgani, bir jinslilar “nikoh”i ko‘payib borayotgani, yakka o‘zi yashayotgan amerikaliklar mamlakat aholisining 26 foizini tashkil etayotgani fikrimizni tasdiqlaydi.
Britaniyada esa bolalarning 34 foizi nikohsiz tug‘ilmoqda, taxminan, shuncha miqdordagi katta yoshlilar ajralish alamidan aziyat chekmoqda. Kelgusi yigirma yil davomida britaniyalik bolalarning yarmidan ozrog‘igina ota-ona tarbiyasini olishi mumkin.
AQSHda qamalganlarning yarmidan ko‘pi buzilgan oilalarning farzandlari ekani, ota-onasi ajrashgani tufayli yetkazilgan kuchli ruhiy zarba erkak va ayollarga o‘rta yoshda, hatto keksalik chog‘ida ham salbiy ta’sir o‘tkazib turishi aniqlangan.
Ovrupaliklarda: “Erlar ayollar uchun birinchi bo‘lishni, ayolar esa erkaklar uchun so‘nggisi bo‘lishni orzu qiladi”, degan gap bor. Buning ma’nosi bunday: Er uylanmoqchi bo‘lgan qizning avval boshqa erkak bilan bo‘lmaganini orzu qiladi. Agar zinoga aralashgan bo‘lsa, farqi yo‘q, bu yog‘iga to‘g‘ri yursa bas. Xotin esa, “Erim mengacha yurgan bo‘lsa yurgandir, endi yurmasin”, deb orzu qilishidir . Bu tushuncha turli madaniyatlarda har xil qabul qilinadi.
Hozirgi kunda g‘arb mamlakatlarida oilaga munosabat yomon tomonga o‘zgarib ketganini yuqorida ko‘p bor ta’kidlab o‘tdik. Holbuki, avvalgi zamonlarda ularda ham oila muqaddas, deb hisoblanardi. Ammo oilaga “erkinlik” martabasining berilishi jamiyatni ham bora-bora izdan chiqardi. Misol uchun, bugun g‘arbda oila bobida quyidagicha buzilishlarni uchratish mumkin:
- Bir jinslilarning nikohlanishiga qonun doirasida yo‘l ochib qo‘yilgani;
- Oila qurmay, yolg‘iz yashashga intilish kuchliligi;
- Xotin erni yoqtirmay qolgani uchun uni tashlab ketishi.
Xullas, oila-nikoh munosabatlarining inqirozi g‘arbona turmush tarzining eski qadriyatlari sanalgan fidoyilik, mehribonlik, sadoqat, imon-e’tiqod kabi fazilatlarning shaxsiy manfaatlar qondirilishini yoqlovchi qarashlar tomonidan siqib chiqarilgani bilan izohlanadi.
Manba: O‘MI rasmiy sayti “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Britaniya qirollik oilasining kamtarona hayot kechiradigan a’zolari
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi