date

Qanday mahsulotlar husnbuzarlarni ko‘payishiga sabab bo‘ladi?

Qanday mahsulotlar husnbuzarlarni ko‘payishiga sabab bo‘ladi?

Husnbuzar — nafaqat yoshlar, balki kattalar orasida ham uchraydigan muammolardan biri. Uni davolash uchun krem va tabletkalardan foydalanishdan oldin, kundalik ovqatlanish ratsioniga e’tibor qaratish juda muhim. Ayrim mahsulotlar husnbuzarlarning ko‘payishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Quyida ana shunday mahsulotlar ro‘yxatini taqdim etamiz.

Qahva va kofeinli ichimliklar:

Ortiqcha qahva iste’moli organizmda stress uchun mas’ul bo‘lgan kortizol gormonining ishlab chiqarilishini oshiradi. Bu esa terida yog‘ bezlarining faollashishiga va husnbuzarlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Yog‘li sut mahsulotlari:

Pishloq, muzqaymoq, qaymoq kabi mahsulotlar yog‘li teri muammolarini kuchaytiradi. Bunday ovqatlar terida toshmalar chiqishiga sabab bo‘ladi.

Shirin va unli mahsulotlar:

Shakar, shokolad, tort, va turli shirinliklar terida husnbuzar va yog‘li dog‘larning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu mahsulotlar qondagi insulin darajasini oshiradi, bu esa terining holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tez tayyor bo‘ladigan taomlar:

Gamburger, kartoshka fri, xot-dog kabi tez tayyorlanuvchi taomlar tarkibidagi past sifatli yog‘lar, mayonez va ketchup ham husnbuzarlarni kuchaytiradi.

Agar terida muntazam ravishda husnbuzar paydo bo‘layotgan bo‘lsa, parhezga rioya qilish va teri holatiga ta’sir etuvchi mahsulotlarni kamaytirish maqsadga muvofiq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qanday mahsulotlar husnbuzarlarni ko‘payishiga sabab bo‘ladi?