O‘zbekiston shou-biznesida katta qiziqish uyg‘otayotgan yangiliklardan biri — Maryam Tillayeva va reper Massa ijrosidagi “Cash” deb nomlangan yangi duet qo‘shig‘i bo‘ldi. Bloger va ijodkor Maryam Tillayeva (birinchi prezident Islom Karimovning nabirasi, Lola Karimova-Tillayevaning qizi) ilk marta o‘zbek tilida qo‘shiq kuyladi va sahnaga yangi nom — Masha Tilla bilan chiqishga qaror qildi.
Duet “Cash” nomi ostida e’lon qilindi. Qo‘shiq matni muallifi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q, ammo muxlislar bu duetni ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilishmoqda. Instagram’da Mashatilly nomi bilan ijod qilgan Maryam endilikda o‘zbek shou-biznesida Masha Tilla taxallusi bilan tanilishni maqsad qilgan.
Klipning dastlabki kadrlari Maryamning turmush o‘rtog‘i bilan ko‘rinish berishi bilan boshlanadi. Qo‘shiqda, ayniqsa, 50Centning “In Da Club” qo‘shig‘iga o‘xshash referenslar mavjud. Massa teskari holatda kadrda paydo bo‘ladi — bu amerikalik reper klipiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishora. Massaning ortidagi ekranda ham ushbu referens ko‘rsatilgan.
Yangi klipda, shuningdek, Sanjik nomi bilan tanilgan biznesmen Sanjar Karimov ham ishtirok etgan. Ushbu duet Maryam Tillayeva uchun o‘zbek tilidagi ilk ijod namunasi bo‘lib, shou-biznesda yangi syurpriz va muhokamalar sabab bo‘lmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!