date

Superligada shiddatli kechadigan 3ta markaziy o‘yin!

Superligada shiddatli kechadigan 3ta markaziy o‘yin!

Bugun, 2 avgust kuni futbol ishqibozlarini Superliganing 16-tur doirasidagi markaziy to‘qnashuvlar kutmoqda. Har bir bellashuv alohida ahamiyat kasb etadi va futbol muxlislari uchun katta qiziqish uyg‘otishi shubhasiz.

"Neftchi" – "Bunyodkor"

Vaqti: 19:00
Bosh hakam: Temur To‘xtasinov
Yordamchilar: Abdulhamid Abduraimov, Husan Xudoyberdiyev
Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Amir Galeyev
Komissar: Davron Ibrohimov

Futbol muxlislarining e’tiborida bo‘ladigan ushbu to‘qnashuvda jamoalar muxlislarini xursand etish uchun maydonda bor mahoratini ko‘rsatishi kutilmoqda.

"Dinamo" – "Navbahor"

Vaqti: 21:15
Bosh hakam: Akobir Shukurullayev
Yordamchilar: Islom Azimov, Sherzod A’zamov
Zaxira hakami: Anvar Ismoilov
Nazoratchi: Timur Galeyev
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Alisher Usmonov
Komissar: Vladimir Nazarov

Ushbu kechki o‘yin ancha keskin va dramatik bo‘lishi kutilmoqda. Har ikkala jamoa joriy mavsumda yuqori pog‘onalar uchun kurash olib bormoqda.

"So‘g‘diyona" – "Nasaf"

Vaqti: 20:00
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Yordamchilar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Nurbek Sheraliyev
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VAR: Ahrol Risqullayev
AVAR: Edita Mirobidova
Komissar: Shohruh Said

Jizzaxdagi bellashuv ham muxlislarga dramatizm va kurashga boy futbolni va’da qilmoqda. Ikkala klub ham kuchli to‘rtlik uchun bahs yuritmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superligada shiddatli kechadigan 3ta markaziy o‘yin!