date

Janubiy Koreya yulduzi “Shporlar”ni tark etmoqda

Janubiy Koreya yulduzi “Shporlar”ni tark etmoqda

Janubiy Koreya milliy terma jamoasi sardori va “Tottenxem”ning yetakchi hujumchisi Son Xyon Min klub bilan xayrlashishini e’lon qildi, deb ESPN xabar berdi.

33 yoshli forvard 2015 yildan buyon London klubi sharafini himoya qilib kelayotgandi. U klub safida o‘tkazgan yillarini iliq xotiralar bilan esladi va bu qarorni qabul qilish oson bo‘lmaganini ta’kidladi.

“Bu men uchun hayotimdagi eng og‘ir qarorlardan biri edi, lekin menimcha, buni qabul qilishning ayni vaqti edi. Barcha meni tushunishiga va ushbu qarorga hurmat bilan qarashiga umid qilaman.

Men bu shaharga 23 yoshli yigit bo‘lib kelganman, hatto ingliz tilida gapira olmasdim. Endilikda esa bu klubni katta inson sifatida tark etmoqdaman va bundan g‘oyat faxrlanaman”, — dedi Son Xyon Min samimiy chiqishida.

Avvalroq, Sonning AQSHning “Los-Anjeles” klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Yangi klubi haqida rasmiy ma’lumotlar tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Janubiy Koreya yulduzi “Shporlar”ni tark etmoqda