date

3D mezoiplar yordamida yuzni taranglashtirish: tabiiy go‘zallikka zamonaviy yondashuv

3D mezoiplar yordamida yuzni taranglashtirish: tabiiy go‘zallikka zamonaviy yondashuv

Yosh o‘tishi, ekologik omillar, stress va gormonal o‘zgarishlar ayollar terisida ko‘zga ko‘rinarli o‘zgarishlarga olib keladi. Ayniqsa, yuz terisining elastikligini yo‘qotishi — eng keng tarqalgan muammolardan biri. Endilikda bu muammoni pichoqsiz, tezkor va samarali hal qilishning innovatsion usuli bor — 3D mezoiplar yordamida tredlifting.

Tredlifting — bu yuz va tana terisini taranglashtirishga mo‘ljallangan zamonaviy estetik muolaja bo‘lib, u kosmetologiyada ko‘p yillik tibbiy tajribaga ega bo‘lgan polidiaksonon (PDO) iplaridan foydalanadi. Bu iplar organizmda o‘z-o‘zidan so‘riladi va 6-7 oy ichida to‘liq parchalanadi. Ammo ularning ta’siri 18–24 oy davomida saqlanadi.

Qanday holatlarda tavsiya etiladi?

Tredlifting quyidagi estetik muammolarni bartaraf etishda tavsiya qilinadi:

  • Burun va lab oralig‘idagi nasolabial burmalar;
  • Qosh atrofi terisining pastga osilishi;
  • Peshonadagi vertikal ajinlar;
  • Yonoq, jag‘ va bo‘yin sohasining yumshoqligi;
  • Tana sohalarida (qorin, dumba, son) teri cho‘zilishlari;
  • Ko‘krak atrofidagi teri silliqligini tiklash.

Muolaja qanday o‘tadi?

Tredlifting amaliyoti odatda 45–60 daqiqa davom etadi. Jarayon quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Muammo mavjud bo‘lgan teri sohasi belgilanadi.
  • Mahalliy og‘riqsizlantirish vositasi qo‘llaniladi.
  • Maxsus ingichka ignalar yordamida PDO iplar teri ostiga joylashtiriladi.
  • Iplar terini ichki tomondan ko‘tarib, mustahkam “karkas” hosil qiladi.

Natijalar qanday bo‘ladi?

  • Yuz terisida ajinlar silliqlanadi;
  • Yuz konturlari aniq va tabiiy ko‘rinishga ega bo‘ladi;
  • Terining elastikligi oshadi, yoshroq ko‘rinish paydo bo‘ladi;
  • Natija 1–2 yilgacha saqlanib qoladi.

Kimlar uchun mumkin emas?

Ba’zi holatlarda tredlifting muolajasi taqiqlanadi. Xususan:

  • Faol yallig‘lanish yoki teri infeksiyalari mavjud bo‘lsa;
  • Qon ivishida buzilishlar aniqlansa;
  • Homiladorlik yoki emizish davrida;
  • Onkologik kasalliklar yoki immun tizim yetishmovchiligi bo‘lsa.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » 3D mezoiplar yordamida yuzni taranglashtirish: tabiiy go‘zallikka zamonaviy yondashuv