Toshkent shahri bilan Chorvoq hududi o‘rtasida yangi avtomobil yo‘lini qurish loyihasi amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Mahkamov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Sirdaryo viloyati hududlarini qamrab olgan holda, “Chorvoq-Chimyon” dam olish va rekreatsion zonasiga olib boruvchi transport infratuzilmasini yaxshilash maqsadida amalga oshiriladi.
Ayni paytda loyihaning konsepsiyasi tayyorlangan va u tanlov asosida amalga oshiriladi. Ishlarni xalqaro miqyosdagi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda, davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida amalga oshirish rejalashtirilgan.
“Mavjud transport yo‘nalishlariga ta’sir qilmagan holda, Toshkentdan Chorvoq yo‘nalishi bo‘ylab yangi avtomobil yo‘lini qurish ishlarini ham boshlab yuboramiz”, — deya ta’kidladi Ilhom Mahkamov.
Mazkur yo‘l fuqarolarga tezkor va qulay harakatlanish imkoniyatini yaratib, sayyohlar uchun ham katta qulayliklar yaratishi kutilmoqda. Shuningdek, mazkur infratuzilma investitsion va turistik jozibadorlikni oshirishga xizmat qilishi mumkin.
Toshkentdan Chorvoqqacha yangi avtomagistral quriladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar