date

Diabetga qarshi eng samarali dietalar

Diabetga qarshi eng samarali dietalar
Sog‘lom ovqatlanish diabet xavfini kamaytiradi. Tadqiqotga ko‘ra, turli etnik guruhlar orasida qo‘llanilgan uchta mashhur dieta: Mediteran, AHEI va DASH — kasallik xavfini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.

33 ta tadqiqotda tahlil qilingan ushbu yirik tibbiy sharhda 826 ming ishtirokchining ovqatlanish odatlari o‘rganildi. O‘simlik mahsulotlariga boy va qayta ishlanmagan oziq-ovqatlarni o‘z ichiga olgan dietalar eng samarali natijalarni ko‘rsatgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra:

DASH dietasi diabet xavfini 23% ga kamaytirgan.
Tuz iste'molini kamaytirish;
Ko‘proq sabzavot, meva, yog‘siz sut mahsulotlari, to‘liq don mahsulotlarini iste’mol qilish;
Qizil go‘sht, shirinliklar va yog‘li taomlarni cheklash.

Mediteran dietasi diabet xavfini 17% ga kamaytirgan.
Zaytun moyi;
Ko‘p miqdorda sabzavot va mevalar;
Baliq, yong‘oq, dukkaklilar;
Kam miqdorda qizil go‘sht va sut mahsulotlari.

AHEI dietasi diabet xavfini 21% ga kamaytirgan.
To‘liq don mahsulotlari;
Ko‘proq sabzavot va mevalar;
Sog‘lom yog‘lar (masalan, o‘simlik moylari);
Shakar va qayta ishlangan mahsulotlarni cheklash.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Diabetga qarshi eng samarali dietalar