Inson o‘rtacha necha yil yashashi mumkin, degan savol hammani qiziqtirsa kerak. Olimlar ko‘p yillik kuzatuvlar natijasida shunday xulosaga keldilar: inson taxminan 150 yilgacha yashashi mumkin, deb yozadi "Zarnews" nashri.
Agar biz turli hayvonlarning qancha yashashini tekshirsak, ular orasidagi o‘ziga xos tafovutni ko‘ramiz. Erkinlikda yashaydigan hasharot, qurt-qumursqalar bir necha soat yashaydi, xolos. Fil 150-200 yil, ot 40 yil, burgut, oqqush, to‘ti 100 yilgacha, toshbaqa, timsoh 300 yilgacha yashar ekan. Hayvonlar singari o‘simliklarning ham yashash muddati turlicha. Masalan, tok 100 yil, dub daraxti 1000 yil, Afrikada o‘sadigan baobab, Avstraliyada o‘sadigan ekvalipt daraxtlari 5-6 ming yilcha yashashi aniqlangan.
Hayvonlar umri ularning o‘sish davriga qaraganda 5-8 marta ortiq bo‘ladi. Masalan, it 2 yil mobaynida o‘sadi, 10-15 yil yashaydi. Ot 5 yil o‘sadi, umri 30-40 yilga yetadi. Odam esa 25 yoshgacha o‘sadi. Demak, inson normal sharoitda 150 yilgacha yashashi mumkin. Shuning uchun ham ko‘pchilik olimlar kishilarning 100 yilga yetmasdan vafot etishini kasallik natijasida kelib chiqqan o‘lim deb hisoblashadi.
Lekin dunyoda uzoq umr ko‘rganlar ham anchagina. Aytishlaricha, marokashlik Said Ali 195 yoshida ham o‘zi mehnat qilib, kun ko‘rgan. Hatto unda ko‘zoynak taqishga extiyoj bo‘lmagan.
Vengriyalik Djon 172 yoshga, xotini Sera Rovel 164 yoshga kirib, 1925 yilda dunyodan o‘tishgan. Ular vafot etgan vaqtda ularning o‘g‘li 116 yoshda edi. Ozarbayjonning eng keksalaridan Sherali Muslimov 168 yil yashagan.
Kishining umri turli davrlarda har xil bo‘lgan. Masalan, ibtidoiy davrda odamlar 18 yil, bronza davrda 21,5, antik davrda 25, XIX asrda 35,6 va XX asr boshlarida 45 yil o‘rtacha umr ko‘rgan. Hozir o‘rtacha umr bizda 74 yosh deyilmoqda.
Xursandchilik, inson ruhining tetikligi, xushchaqchaqlik sog‘liqni saqlashga, uzoq umr ko‘rishga omildir. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi