Ishing zo‘r bo‘lib, martabang chandon ko‘tarilib, tashqarida hamma senga ta’zimda bo‘lsa-yu, uyingda tinchlik, totuvlik bo‘lmasa, bari bekor! Yer kurrasida g‘imirlab yurganki odam uyim, bolam-chaqam db yuradi. Ko‘chadagi ishlarini jadallik bilan bajarib, xonadoniga yugurgani yugurgan. Qizig‘i shuki, inson yaxshi uyiga ham, yomon uyiga ham talpinaveradi. Shunisiga qarab, bu uydan yo baxtli, yo baxtsiz, yo butun, yo yarim odamlar chiіadilar. «Oila» deb atalgan panohistonda yaxshi iqlim yaratish uchun esa ayolga ayollik, erkakka erkaklik ilmi suv, havo qadar zarur!
O‘g‘lonim, hozirgi senga yetkazadiganim — dastlabki juda nozik ilm, yodingda tut: erkak kishini asosan qulog‘i yetaklaydi va uni ko‘p balolarga giriftor qiladi. Kelinchakka chimildiqda aytadigan birinchi gaping shu bo‘lsin:
—«Ilohim, siz bilan birga hammamizga saodatli kunlar kelayotgan bo‘lsin. Ammo aytib qo‘yay, men oila a’zolarimsiz bir bo‘lakman, butunligim ular bilan. Meni dunyoga keltirgan mualliflarim, tumshug‘ida suv, don berib voyaga yetkazgan xaloskorlarim shu oilamdagilar. Ularning pastu baland fe’llari o‘zimga ayon. Balki biridan sevinib, biridan kuyib yurarman, ammo qandayligidan qat’iy nazar, ular mening mulkim, mening qismatim, mahrimga tushgan, yoqmay qolsa, kechib yuborolmayman! O‘rtaga qo‘yadigan birinchi shartim shu: hech qachon jigar-bag‘rilarimni menga yomonlamang. Siz tufayli he biridan ko‘nglim qolmasin! Qo‘lingizdan kelsa, ularni menga issiq ko‘rsating, yomonlarimni yaxshi qilib bering! Agar bu iltimosimni bajarmasangiz, sizdan ikki dunyo rozi emasman!»
Mana shu gapni aytish qo‘lingdan kelsin, o‘g‘lonim!
Tursunoy SODIQOVA
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Singapurda jahon shaxmat toji uchun bahs boshlandi
"Yirtqich" ovga chiqdi...
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi