KATTA MUVAFFAQIYaTGA ERIShGANLARNING ERTALABKI ODATI
Hayotda ko‘p muvaffaqiyatga erishgan odamlarga xotirjam yashash, baxtli bo‘lish, yanada unumli ishlash uchun nima yordam beradi? Xususan, ular tongda nimalar qiladi? Keling, shular bilan tanishib chiqamiz.
1. Erta uyg‘onish.
Vaqt nihoyatda qadrli ne’matdir. Buni tushungan muvaffaqiyat sohiblari sahargi 5:30, 4:30, hatto 4:00 da turishga odatlanishgan. Ular nafaqat vaqt ustidan hukmronlik qilishadi, balki muhim ishlarni ertaroq boshlashadi.
Shunday ekan, uyqudan vaqtliroq turishga odatlaning, uyg‘onish vaqtini har kuni 15 daqiqa ortga surib, sekin-asta erta turishga o‘rganing.
2. Mashq bajarish.
Ertalabdan jismonan tetik bo‘lish uchun yengil mashqlar bajaring. Mashg‘ulotlar sizni faqat sog‘lom qilibgina qolmay, irodangizni mustahkamlaydi, stresslarga kurashuvchanligingizni oshiradi. Mashq qilish uchun vaqt belgilab oling. Bir soat shug‘ullanish sizni charchatib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun 10 daqiqa yugurish, yurish, turli mashqlar bajarish yetarli.
3. “Quvvat uchun muddat” soati.
Intilishingiz so‘nmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Shuning uchun doim o‘zingizni ilhomlantirib turing. Buni yaxshi bilgan muvaffaqiyatli insonlar o‘zlaridagi g‘ayratni oshirish uchun ancha vaqt sarflaydilar. Axir siz biror vazifani bajarishda davom etishingiz uchun ruhan tayyor bo‘lishingiz kerak. Shunday ekan, bir oz vaqtni shijoatingizni oshirishga xizmat qiladigan hikoyalar, mashhur insonlar hikmatlarini o‘qishga ajrating.
4. Qiyin ishni avval boshlash.
Muvaffaqiyatli shaxslar irodasi tongda ayni uyg‘oq holda bo‘ladi. Shundan foydalanib, ular o‘zlari uchun eng murakkab vazifani bajarib oladilar. Natijada ishni bitirish ancha silliq kechadi. Shu bois har kun uchun eng qiyin bir vazifani tanlab, uni nonushtagacha bajarishni odat qiling.
5. Turmush o‘rtog‘i bilan muloqot qilish.
Ertalab ma’lum vaqtni turmush o‘rtog‘ingiz bilan aloqani tiklash yoki mustahkamlashga ajrating. U bilan rejalaringiz, moliyaviy ahvolingiz, hatto qiziqishlaringiz haqida suhbatlashing. Bu, sizga ular hayotida o‘z o‘rningizni saqlab qolishga yordam beradi. Ayni tong chog‘ida fikrlar jamlangan bo‘ladi. Shuning uchun er-xotin suhbatini an’anaga aylantirish juda muhim.
6. Puxta reja ishlab chiqish.
Vaqtingizdan bir necha daqiqasini bugungi kuningiz yo‘nalishini belgilab olish uchun bag‘ishlamasangiz, qanday qilib kuningiz unumli bo‘lishini ta’minlaysiz? Hayotdagi maqsadlaringizni bir bor ko‘z oldingizga keltirib, kelgusi kun asosiy vazifalarini ko‘rib chiqing. Bunga 10 daqiqa ajratishni odat qilsangiz, ishlaringiz tartibli bo‘ladi, kuningiz tushkunliklarsiz o‘tadi.
7. Miyani “tozalash”, mulohaza yuritish.
Sukut saqlang, duo qiling, turli yomon fikrlarni miyangizdan chiqarib tashlang. Yodda tuting: 90 foiz kasalliklar siqilish oqibatida kelib chiqadi. Shunday ekan, ko‘nglingizni xira qiladigan narsalarni unuting.
8. Vaqtni bolalar bilan o‘tkazish.
Farzandi borlar uchun muhim maslahat. “Meni bolam birpasda katta bo‘lib qoldi-ya! U bilan ko‘p vaqtimni o‘tkazolmadim”, deb afsuslanadigan ota-onalardan biriga aylanib qolmang. Erta tongda qizalog‘ingiz yoki o‘g‘lingizga kiyinishda yordamlashing, o‘zgacharoq nonushta tayyorlab bering, ularning orzulari haqida suhbat quring.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”