08:58 / 01.09.2018
6 253

Britaniyalik olimlar ozishning yangi usulini kashf qildilar

Britaniyalik olimlar ozishning yangi usulini kashf qildilar
Buyuk Britaniyaning Birmingem universiteti olimlari ovqat yeyishdan oldin bor-yoʻgʻi 500 ml litr (taxminan 2 stakandan sal koʻproq) suv ichilsa, ozish mumkinligi haqidagi xulosaga keldilar.

Olimlar bu oddiy usul juda ham samarali va sogʻliqni saqlash sohasidagi mutaxassislar tomonidan unga talab katta boʻlishini taxmin qilmoqdalar, deb yozmoqda Sof.uz nashri.

Tadqiqotda semirishdan aziyat chekuvchi 84 nafar katta yoshdagi odam ishtirok etdi. Ular ustida 12 hafta davomida kuzatuv olib borildi. 41 kishidan tashkil topgan guruhga ovqatlanishdan yarim soat avval 500 ml litr oddiy suv ichish taklif qilindi. Bunda gazlangan yoki shakar qoʻshilgan suv ichish taqiqlandi. Qolgan 43 ishtirokchiga ovqat tanovul qilishdan oldin oshqozonlari toʻladek faraz qilish taklif etildi. 12 hafta ichida 1-guruh ishtirokchilari 2-guruhdagilarga nisbatan oʻrtacha 1,3 kg koʻproq vazn tashlashga muvaffaq boʻldilar. Bunda uchta asosiy taom tanovul qilishdan (nonushta, tushlik, kechki ovqat) avval suv ichganlar oʻrtacha 4,3 kg ga, buni bir marta qilganlar esa 0,8 kg ga ozdilar.

Olimlarning taʼkidlashlaricha, ular tomonidan kashf qilingan ozish usulining afzalligi uning oddiyligidadir. Vazn tashlash uchun kuniga uch mahal maʼlum vaqtda zarur miqdorda suv ichish kerak. Sogʻlom diyeta va jismoniy mashqlar bilan birgalikda bu usul semirishdan aziyat chekuvchilar uchun ancha samaraliroq ozish imkonini beradi.

Olimlar bu ozish usulini uzoqroq vaqt davomida koʻproq ishtirokchilar bilan davom ettirishni moʻljallashmoqda.

Bu orada Massachusets texnologik va Garvard universitetlari olimlari ozishning yana bir usulini oʻylab topdilar – ular semirishga javob beruvchi genni bloklashni oʻrganib oldilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Britaniyalik olimlar ozishning yangi usulini kashf qildilar