07:32 / 19.09.2018
4 681

Karvondagi yoʻlovchi

Karvondagi yoʻlovchi
Yoʻlovchilari juda koʻp boʻlgan karvon yurib borardi. Lekin, ob-havo yomonlashib, yomgʻirlar quyilib, momoqaldiroq, chaqmoqlar chaqa boshladi. Chaqmoq karvonga yaqinlashar, soʻng boshqa tomonga koʻchar, yoʻlovchilarning atrofida tinmay aylanar, ularni qurshab olar edi.

Biroz yurib boʻlganlaridan soʻng, yoʻlboshchi karvonni bir daraxtdan ellik qadam uzoqlikdagi masofada toʻxtatdi. Va:

– Karvonda oʻlimi yozilgan shaxs bor. U sabab boshqalar ham halok boʻlishi mumkin. Men har biringizni borib, ana u daraxtning tanasini ushlashini, soʻng qaytishini xohlayman. Taqdirida shu chaqmoq sabab oʻlishi yozilgan inson boʻlsa, uni chaqmoq uradi. Va u oʻladi. Boshqalar oʻlimdan qutulib qoladilar! – dedi.

Birinchi yoʻlovchi yurak yutib borib daraxtni ushladi. Unga hech narsa yetmadi. Tirik qolganidan xursand boʻlib ketdi.

Boshqalar ham birin-ketin daraxtni ushlashdi. Oxirgi musofir qolganda, hamma unga oʻzgacha koʻz bilan, kimdir rahm-shavqat, kimdir uni karvon safidan tezroq chiqib, daraxt sari odimlashini, tezroq oʻlishini, shu sabab bu shumqadamdan qutulishni oʻylab qarardi.

U asta, qoʻrquv ila karvondan ajralib, daraxtga yaqinlashdi. Uning tanasini ushlashi bilan chaqmoqning qattiq, dahshatli ovozini eshitdi. Karvonga oʻgirilib qaradi. Karvon bir lahzada yoʻq boʻlgan edi.

Kun hikmati

Ha, chaqmoq bir zarba bilan karvonning barcha yoʻlovchilarini halok qildi. Oʻsha oxirgi musofir sabab harchand uning atrofida aylanmasin, boshqalarga talofat yetkazmagandi.

Ibn Abbos aytadilar: “Agar osmon yer yuzini yopib qoʻysa ham, Alloh taqvodorlarga undan chiqishlari uchun, eshik ochib qoʻyadi”.

Modomiki ular istigʻfor aytar ekanlar, Alloh ularni azoblamas» (“Anfol” surasi, 33-oyat).

Agar odamlarning oʻzlari oralaridagi solihlarning boshiga yetmasalar, ularning sharofati bilan butun bir oila, qishloq, shahar, yurt omonda qolishi mumkin!

Alloh bizni taqdirlari yaxshillikka oʻzgartirilgan, ishlari doim oʻnglangan, dunyo va oxiratning yaxshiliklari berilganlardan qilsin!
Ummu Abdulloh tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Karvondagi yoʻlovchi