Bir zamonlar bir mevali daraxt boʻlgan ekan. Har kun bu daraxtning atrofida oʻynash uchun bir bola kelar, daraxtning ustiga chiqar, mevalardan yer, charchaganda esa, daraxt soyasida yotib dam olardi. U daraxtni judayam yaxshi koʻrardi. Daraxtga ham u bilan vaqtini oʻtkazish huzur bagʻishlardi. Lekin vaqt juda tez oʻtib, bolakay ulgʻaygan sari daraxt bilan oʻynash uchun kamdan-kam keladigan boʻldi. Ajoyib, quyosh yarqirab nur sochib turgan kunlarning birida bola daraxt yoniga keldi. U gʻamgin koʻrinardi. “Kel oʻynaymiz”, taklif qildi daraxt.
“Men endi daraxt atrofida chopib yuradigan kichik bola emasman – dedi u. – Men oʻyinchoqlar bilan oʻynashni xohlayman, ularni sotib olish uchun esa, pul kerak”. “Kechirasan, mening pulim yoʻq-da. Ammo, mevalarimni terib, sotsang pul boʻladi”. Taklif bolaga yoqib tushdi. U mevalarni terib, baxtli holda chopqillab ketdi. Bolakay shu bilan qaytib kelmadi. Daraxt yana zerikib qoldi. Kunlarning birida bola yana keldi. Endi balogʻatga yetgan erkakka aylangani uchun uni tanish mushkul edi. Daraxt qanday quvondi-ya! “Qaytib keldi! – quvonardi u. – Kel, oʻynaymiz.” “Endi oʻyinga vaqtim yoʻq. Men oʻz oilamni, bolalarimni boqishim uchun ishlashim kerak. Boshpanam yoʻq, uy qurishim lozim… Sen biror narsa bilan yordam bera olasanmi?” “Uzr, mening uyim yoʻq. Lekin, sen mening baquvvat shoxlarimni kesib, uyingga ishlatishing mumkin”. Erkak bu imkoniyatdan quvonib, shoxlarni kesib olib ketdi. Daraxt yigitning xursand boʻlganini koʻrib, kayfi chogʻ edi. Ammo yigit yana ketib, qaytib kelmadi..
Issiq yoz oqshomlaridan birida yana qaytgan yigitni koʻrib, daraxt uni yana oʻyinga chorladi. “Yoʻq, yoshim ham bir joyga borib qoldi. Dunyo tashvishlaridan charchadim, mening uzoq orollarga suzib ketishga kemam boʻlsaydi… Yordam bera olasanmi?” – soʻradi odam. “Tanamni kesib olaqol, u sening kemangga yaraydi. Sen uzoq-uzoqlarga suzib ketib, baxtiyor boʻlasan”. Odam daraxtni kesib, kema yasadi-da uzoqlarga suzib ketdi. Koʻp yillardan soʻng yana kelayotganini koʻrgan daraxt unga qarab dedi:
– Kechirasan, mening senga beradigan mevalarim qolmagan.
– Menga mevalaring kerak emas. Chunki ularni yeydigan tishlarim tushib ketgan.
– Sen oʻynab chiqadigan tanam ham yoʻq.
– Men ham qarib, quvvatdan qolib, daraxtga chiqa olmaydigan boʻlganman.
– Mening quriyotgan ildizlarimdan boʻlak hech narsam qolmadi.
– Menga faqat, orom olib oʻtiradigan joy kerak, xolos.
– Unda tomirlarimga yonboshla, damingni ol, – dedi daraxt.
Chol daraxt tomirlariga yonboshlab oʻtirdi. Daraxt jilmaydi, uning tomirlariga boʻlsa koʻz yoshlari tomdi.
Bu masal hammamizga ibrat uchundir. Daraxt – bizning ota-onamiz. Kichikligimizda ular bilan oʻynashni sevardik. Ulgʻaygan sari har tomonga tarqalib ketamiz-u, faqat boshimizga bir mushkulot tushsagina ularni eslaymiz. Bizning nimani talab qilishimizdan qatʼiy nazar, ota-onalarimiz hammasini berishadi. Faqat ularga koʻrinib tursak bas. Siz bola daraxtga nisbatan shafqatsizlik qildi, deb hisoblayotgandirsiz. Ammo hammamiz ham ota-onamizga nisbatan xuddi shu xilda munosabatdamiz. Biz, bizga qilgan mehribonliklarini ularning burchlaridek qabul qilamiz-u, shundek yaxshi insonlarni bizni parvarishimizga masʼul etgan Alloh taologa shukr qilmaymiz.
Bir muddat toʻxtab fikrlasak, ularning nechogʻlik bebaho ekanliklari va oʻzimizning shunday mislsiz davlatimizga loqaydligimizni tushunib yetamiz. Chunki, hech kim: na rafiqangiz, na bolalaringiz, na doʻstlaringiz ota-onadek farzandlari uchun oʻzini qurbon qilmaydi. Alloh barchalarimizni toʻgʻri yoʻlda yuradigan va bergan neʼmatlariga shukr aytadigan bandalardan etsin. Amiyn!
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?