
La Liganing 10-turida Valensiya va Villarreal jamoalari o‘rtasida derbi o‘tkazildi. Uchrashuvda mehmonlar ustunlik qilib, uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Birinchi taym oxirigacha jamoalar xavfli vaziyat yarata olmadi.
45-daqiqada Villarreal futbolchisi Xose Kopete Valensiya hujumchisi Xerard Morenoga nisbatan qoidabuzarlik qildi. VAR tizimi yordamida hakam mehmonlar foydasiga penalti belgiladi.
Morenoning aniq zarbasi hisobni ochdi va Villarreal oldinga chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida Jorj Mikautadze chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi.
Uning zarbasini darvozabon qaytardi, ammo Santi Komesanya to‘pni darvozaga yo‘llab, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Valensiya futbolchisi Pape Guye uzoq masofadan kuchli zarba berdi, biroq to‘p darvoza ustidan o‘tdi.
Danjumaning 15 metrli zarbasini esa Villarreal darvozaboni hamda himoyachilari birgalikda bartaraf etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng Villarreal uchinchi o‘ringa ko‘tarilib, Barselonadan ikki ochko, Real Madriddan esa to‘rt ochkoga ortda bormoqda.
Valensiya esa quyi pog‘onadagi jamoalardan ikki ochkoga oldinda turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar