
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida "Brentford" jamoasi o‘z maydonida kuchli raqib – "Liverpul"ni qabul qildi va muhim g‘alabaga erishdi. Uchrashuv Londondagi "Gtech Community Stadium"da bo‘lib o‘tdi va unda 3:2 hisobida mezbonlar g‘alaba qozondi.
"Brentford" safida gollarni Dango Uattara 5-daqiqada, Kevin Shade 45-daqiqada va Igor Tiago tomonidan 60-daqiqada (penalti) kiritildi. "Liverpul" esa Milosh Kerkes tomonidan 45+5-daqiqada va Muhammad Saloh tomonidan 89-daqiqada urilgan gollar bilan javob qaytardi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Liverpul to‘pni ko‘proq egallagan (66%) va 481 ta pas bajargan bo‘lsa-da, "Brentford" 17 ta zarba berib, hujumda faolroq harakat qildi. Ushbu natijadan so‘ng Liverpul 15 ochko bilan 6-o‘ringa tushib ketdi, Brentford esa 13 ochko bilan 10-pog‘onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!