
Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso “Barselona” tarkibidagi eng xavfli futbolchini aniqladi. Unga ko‘ra, “qaymoqranglilar” uchun yaqinlashib kelayotgan “El-Klasiko”da yarim himoyachi Pedrini to‘xtatish juda muhim hisoblanadi.
Euro-football.ru ma’lumotiga ko‘ra, Alonso agar 22 yoshli futbolchini o‘yindan chiqarib yuborish imkoni bo‘lsa, “Barselona” ustidan ustunlikka erishish osonlashishini ta’kidladi. Xabi Alonso “Real” bosh murabbiyi sifatida ilk bor “El-Klasiko”da ishtirok etadi.
U mazkur o‘yinda jamoasining g‘alabasiga erishish uchun Pedrini nazorat qilish kerakligini qayd etdi. “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi uchrashuv yakshanba kuni “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi. Pedri so‘nggi yillarda “Barselona”ning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Uning maydondagi harakati va o‘yinga ta’siri “El-Klasiko” natijasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar