22:20 / 06.10.2018
6 477

Duoning maʼnosi

Duoning maʼnosi
Avvalo duoning maʼnosini bilib olaylik. Arab tilida “duo” soʻzi chaqirish, soʻrash maʼnolarini anglatadi.

Koʻpincha “duo” va “bir narsani talab qilish” maʼnolari bir-biriga aralashib ketadi.

Shuning uchun talab nima-yu, duo nima ekanini aniq bilib olish alohida maʼno kasb etadi.

Talab soʻrovchi nutq qiladigan lafzning vasfidir: “Menga tilagan narsamni bergin” , kabi.

Duo esa soʻrovchida paydo boʻladigan nafsiy holatdir. Mazkur nafsiy holat ikki narsa bilan: qalb va hislarning uygʻoqligi hamda ulardan har birining siniqlik va xokisorlik ila Alloh taologa yuzlanishi bilan va yana duo qiluvchining oʻzi qilgan gunohlari uchun Alloh taologa sidqidildan tavba qilishni boshlashi bilan boʻladi.

Ha, duo qilayotgan paytda qalb va hislarning uygʻoqligi hamda ularning har birining siniqlik va xokisorlik ila taologa yuzlanishi boʻlmasa, odatga koʻra ikki qoʻlni koʻtarib, tilga kelgan talab soʻzlari takrorlanayotgan boʻladi. Bunday vaqtlarda qalb gʻofil boʻlishi, tilda bir gap, xayolda boshqa gap boʻlishi ham mumkin. Albatta, bu holatni duo deb boʻlmaydi.

Bas, shunday ekan, bu ishni qilayotgan odamni “Falonchi Alloh taolodan soʻramoqda” deyishimiz mumkin, ammo “Falonchi Alloh taologa duo qilmoqda” deya olmaymiz.

Sen: “Allohga duo qilinglar yoki Rohmanga duo qilinglar - qay biriga duo qilsangiz ham, baribir. Eng goʻzal ismlar Unikidir” (Isro, 110)
“Sunniy aqiydalar” kitobidan
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Duoning maʼnosi