CAFA Nations Cup 2-turidan o‘rin olgan Turkmaniston – O‘zbekiston (1:2) bahsidan keyin nominal mezbonlar bosh murabbiyi Rovshan Meredov matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bahs dinamik va keskin o‘tgan, o‘yinda gollar ham, qizil kartochka ham kuzatilgani e’tibordan chetda qolmadi.
— O‘yin ancha maroqli kechdi. Har ikkala tomon uchun ham oson bo‘lmadi. Eng asosiysi, shogirdlarim maydonda ishonch bilan harakat qilishdi va raqib oldida sarosimaga tushib qolmadi, — dedi Rovshan Meredov.
Mutaxassis O‘zbekiston terma jamoasining qaysi jihati ko‘proq qiyinchilik tug‘dirganini ham ochiqladi:
— Biz raqib o‘yinini oldindan o‘rgandik, ularning uslubini taxmin qilish qiyin emasdi. Rostini aytsam, juda qiynalmadik. Birinchi golda kichikgina xatoga yo‘l qo‘ydik, xolos. Bir xatomizni raqib jazolashni unutmadi. O‘zbekiston qanday hujum qilishini bila turib, o‘z taktikamizni tayyorlagan edik, — deya ta’kidladi murabbiy.
Shuningdek, Meredov Didar Durdiyev haqida ham fikr bildirdi. Uning maydonga kirishi bilan jamoa o‘yini sezilarli darajada o‘zgarganini qayd etdi:
— Bizda uchta hujumchi mavjud va ularning har biri biz uchun asosiy hisoblanadi. “Birinchi” yoki “ikkinchi” degan tushunchani qo‘llamaymiz. Bugungi tarkibimiz taktik reja asosida tanlandi. Shuni ham unutmaslik kerakki, yangi murabbiylar shtabi qo‘l ostida bor-yo‘g‘i uchinchi uchrashuvimizni o‘tkazdik. Jamoa yangilanish jarayonida. Asosiy maqsadimiz — Osiyo Kubogi-2027ga yo‘l olish, — deya so‘zini yakunladi Rovshan Meredov.
Rovshan Meredov: Birgina xatomiz bizni qattiq jazoladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar