O‘zbekiston san’at olamida yana bir quvonchli voqea sodir bo‘ldi. Mashhur xonanda Lola yurtimiz Prezidentimiz tomonidan yuksak davlat mukofoti — “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda xonandaning o‘zi shaxsiy ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.
“Bugun men Prezidentimiz qo‘lidan 'Do‘stlik' ordenini oldim! Bu men uchun ulkan sharaf va katta mas’uliyatdir. Men faxrni his qilyapman va cheksiz minnatdorman”, — deya Lola samimiy so‘zlarini izhor qildi.
Uning ta’kidlashicha, ijodi doimo odamlarni birlashtirish va ularga ilhom berish maqsadida xizmat qilib kelgan. Shu bois, bu orden faqat shaxsiy yutuq emas, balki o‘z orzusi yo‘lida harakat qilayotgan va mehnatini chin dildan sevgan har bir insonga tegishli mukofotdir.
Lola mukofot orqali berilgan ishonchni beqiyos qo‘llab-quvvatlash deb baholadi va bu e’tirof uni yanada mas’uliyatli qilib, yangi ilhom bag‘ishlashini ta’kidladi. Shu bilan birga, u oilasi, yaqinlari, do‘stlari hamda o‘zini qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislariga ham chuqur minnatdorchilik bildirdi.
“Bugun men o‘zimni nihoyatda baxtli his qilyapman”, — dedi Lola.
Bu voqea yurtimizda san’at va madaniyat sohasi vakillariga berilgan yuksak e’tiborning yorqin namunasi bo‘ldi.
Lola “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlanib, hissiyotlarini bildirdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar