date

Rossiya va Xitoy Oyda ilmiy baza barpo etmoqchi

Rossiya va Xitoy Oyda ilmiy baza barpo etmoqchi

Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 25-yig‘ilishida Oyda qo‘shma baza qurish bo‘yicha taklif bilan chiqqan. Bu haqda Rossiyaning RBK nashri ma’lum qildi.

Si Szinpinning ta’kidlashicha, Pekin SHHTga a’zo mamlakatlarni Rossiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan dasturda faol ishtirok etishga chaqiradi. Bu tashabbus mintaqaviy hamda global kosmik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Hozirgi loyiha doirasida Xalqaro ilmiy oy stansiyasi (ILRS) qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu stansiya Rossiyaning Roskosmos agentligi va Xitoy milliy kosmik boshqarmasi o‘rtasidagi qo‘shma ilmiy loyiha sifatida amalga oshiriladi. Inshootning qurilishi 2031-2035-yillar oralig‘ida to‘liq bajarilishi rejalashtirilgan.

Xitoyning uzoq kosmosni o‘rganish dasturi rahbari Vu Yanxua ta’kidlaganidek, baza 2035-yilga kelib Oyning janubiy qutbidan 100 kilometr radiusda ilmiy tadqiqotlar olib borish imkonini beradi. Bu esa Oydagi geologik va kosmik jarayonlarni o‘rganishda yangi imkoniyatlar ochadi.

Ma’lumot uchun, Oyda xalqaro ilmiy stansiya qurish g‘oyasi ilk bor 2021-yilda paydo bo‘lgan. Loyiha doirasida Oyning janubiy qutbidagi inshoot 100 km radiusda keng qamrovli tadqiqotlar olib borish uchun tayyorlanadi. Bu qadam xalqaro kosmik hamjamiyat uchun muhim ilmiy yutuq sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya va Xitoy Oyda ilmiy baza barpo etmoqchi