Odamzot asrlar davomida turli dorivor o‘tlardan sog‘liq uchun foydalanib kelgan. Ular nafaqat tabobatda, balki ovqatlanish, parvarish vositalari va turli qo‘shimchalarda ham qo‘llaniladi. Xususan, o‘tlarni choy sifatida qaynatib ichish ko‘plab mamlakatlarda qadimiy an’anaga aylangan. Chunki bu usul o‘simlikning eng muhim moddalarini saqlab qoladi va inson organizmiga tabiiy yo‘l bilan yetkazadi.
Shunday choylar orasida gilos sopidan tayyorlangan ichimlik alohida ahamiyatga ega. Yoz mavsumining eng sevimli mevalaridan biri hisoblangan gilos nafaqat mazali mevasi, balki sopi bilan ham shifobaxsh xususiyatlarga ega. Sharqiy Yevropa va Osiyoning ayrim mamlakatlarida gilos sopi choyi turli kasalliklarni yengillashtirish, ayniqsa, siydik yo‘llari muammolarida yordamchi vosita sifatida qo‘llanilib kelingan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, gilos sopi kuchli diuretik va antioksidant xususiyatga ega. Uning tabiiy tarkibi organizmdan ortiqcha shlak va toksinlarni chiqarishga yordam beradi. Shu bilan birga, siydik yo‘llarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan infeksiyalarni oldini olish yoki mavjud yallig‘lanishni kamaytirishda ham samaralidir.
Gilos sopi choyini muntazam ichish organizmning umumiy holatini yaxshilaydi, yurak-qon tomir tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va immunitetni mustahkamlaydi. Bundan tashqari, u ortiqcha suvni chiqarish orqali shishlarni kamaytiradi, tana og‘irligini nazorat qilishda ko‘maklashadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!