date

O‘zbekistonda uy-joy sotib oluvchilar uchun keshbek joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda uy-joy sotib oluvchilar uchun keshbek joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda uy-joy xarid qiluvchilar uchun keshbek tizimini joriy etish masalasi hozirda faol muhokama qilinmoqda. Bu haqda 29-avgust kuni Savdo-sanoat palatasi va qurilish sohasi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ma’lumot berildi.

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovning ta’kidlashicha, hozirda uy-joylarning faqatgina 10 foizga yaqin qismi qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bilan rasmiylashtirilmoqda, qolgan 90 foizi esa soliqqa jalb qilinmaydi. Bu holat qurilish sohasidagi yashirin iqtisodiyotning ulushini sezilarli darajada oshirmoqda.

Vahobovning fikricha, jismoniy shaxslar uchun oldi-sotdi bitimi summasidan belgilangan tartibda keshbek berish orqali bu muammoni samarali bartaraf etish mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra:

“Jismoniy shaxslar uchun 4−5 foiz miqdorida keshbek joriy etish bo‘yicha takliflar bor. Shu tariqa ular quruvchiga murojaat qilib, oldi-sotdi bitimi summasidan 5−6 foizgacha keshbek olish uchun hisobvaraq-fakturani talab qilish imkoniga ega bo‘ladi. Balki bu qadam uy-joy bozoridagi holatni yaxshilashga yordam beradi.”

Ayni paytda mazkur taklif turlicha o‘rganib chiqilmoqda va tizimning amaliy samaradorligi ham baholanmoqda. Maxsus ekspertlar va bozor ishtirokchilari keshbek joriy etilishining uy-joy bozoridagi shaffoflikni oshirish va soliq to‘lovlarini rag‘batlantirishda muhim qadam bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda uy-joy sotib oluvchilar uchun keshbek joriy etilishi mumkin