date

Xurmo mevasi salomatlik va uzoq umr garovi

Xurmo mevasi salomatlik va uzoq umr garovi

Xurmo insoniyat tomonidan asrlar davomida iste’mol qilib kelinayotgan, nafaqat mazasi, balki shifobaxsh xususiyatlari bilan ham mashhur bo‘lgan mevalardan biridir. Uning tarkibida turli vitamin va minerallar, shuningdek, foydali antioksidantlar juda ko‘p. Shu sababli u sog‘lom ovqatlanish tarkibiy qismi sifatida tavsiya etiladi.

Mutahassislar ta’kidlashicha, xurmo avvalo organizmni antioksidantlar bilan ta’minlaydi. Ushbu moddalar erkin radikallar bilan kurashib, turli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Shu bilan birga, S vitaminining ko‘pligi tufayli immunitet tizimini mustahkamlab, shamollash va gripp kabi kasalliklarga qarshi quvvat beradi.

Xurmo tolalarga boyligi bilan ham ahamiyatli. U ovqat hazm qilish jarayonini yengillashtiradi, ich qotishini oldini oladi va ichak faoliyatini tartibga soladi. Shuningdek, past glikemik indeksi tufayli qon shakarini nazorat ostida ushlab turishda yordamchi bo‘ladi. Bu esa qandli diabetdan aziyat chekayotganlar uchun juda muhim omil hisoblanadi.

Yurak-qon tomir salomatligida ham xurmoning o‘rni katta. U qondagi zararli xolesterinni kamaytiradi, qon bosimini barqarorlashtiradi va yurak ishini yengillashtiradi. Shuningdek, uning tarkibidagi kaliy va magniy moddalari stressni kamaytiradi hamda asab tizimini tinchlantiradi.

Kalsiy moddasi esa suyaklar mustahkamligi uchun katta ahamiyatga ega. Xurmo muntazam iste’mol qilinsa, suyak kasalliklarining oldini olishga ko‘mak beradi. Shu bilan birga, A vitamini ko‘z salomatligini saqlaydi, teridagi qarish belgilariga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatadi va sog‘lom chiroyni ta’minlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Xurmo mevasi salomatlik va uzoq umr garovi