15:47 / 09.10.2018
15 491

Nikohdan avvalgi sevgi

Nikohdan avvalgi sevgi
Bismillahir Rohmanir Rohiym. Allohning Oʻzigagina hamdlar, Uning paygʻambari Muhammad ibn Abdullohga, u zotning oilasi va sahobalariga salavotu salomlar boʻlsin.

Soʻng… Birinchidan: Erkak va nomahram ayol orasida hosil boʻlgan, odamlar “sevgi” deb nomlaydigan aloqa, shariat va ahloqni buzuvchi harom ishlar majmuasidir. Har qanday oqil insonga bu kabi aloqalar harom ekani maʼlum. Chunki bu holatda erkak kishi nomahram boʻlgan ayol bilan yolgʻiz qoladi, u unga (ayolga) qaraydi, oʻpadi, shahvatni keltiruvchi sevgi va shavqqa toʻla suhbatlar olib boradi.

Bunday aloqalar bundanda jiddiyroq oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bugungi kunda oʻzimiz buning guvohi boʻlib turibmiz.

Ikkinchidan: Tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, erkak va ayol orasida boʻlgan avvalgi sevgiga asoslangan nikohlarining aksari omadsiz boʻlib chiqqan. Harom aloqalarga asoslanmagan, odamlar “odatiy nikoh” deb nomlaydigan nikohlar esa omadli boʻlgani maʼlum boʻldi. Ushbu sohani oʻrganib chiqqan fransuz jamiyatshunosi quyidagi xulosaga kelgan: “Juftlar turmushdan avval bir-birlarini yaxshi koʻrmagan boʻlgan holatdagi nikohlar muvaffaqiyatliroq boʻlib chiqqan”. Professor Ismoil Abdulboriy tomonidan oʻtkazilgan, 1500 oilada olib borilgan boshqa bir tadqiqot ishlarida shunday xulosaga kelindi: sevgiga asoslangan 75% dan koʻproq nikohlar taloq bilan yakunlangan. “Odatiy nikoh”larda esa taloq 5% dan kamroq kuzatilgan. Biz ushbu xulosaning eng muhim sabablarini keltirishimiz mumkin:

1. Ehtiroslar kamchiliklarni baholash va ularni yengishga toʻsqinlik qiladi. Xuddi odamlar aytganidek “sevgi koʻrdir”. Bir yoki ikki tarafning, narigisi koʻna olmaydigan kamchiliklari boʻlishi mumkin. Ammo bu kamchiliklar faqatgina nikohdan keyin koʻrina boshlaydi

2. Sevishganlar hayotni sevgidagi cheksiz sayohat deb hisoblaydilar. Shuning uchun ham ular faqatgina sevgi haqida gapiradilar va orzu qiladilar. Ular hech qachon hayotiy muammolar va ularni qanday yengib oʻtish kerakligi haqida gapirmaydilar. Ushbu tasavvurlar nikohdan keyin, muammo va masʼuliyatlarga yoʻliqqanlarida barbod boʻladi.

3. Sevishganlar na bahs va na munozara qiladilar. Ular narigi tarafni qondirish uchun fidokorlik va murosaga boradilar. Bunga bir birlarining koʻnglini olishni istashlarini dalil qiladilar. Nikohdan keyin esa buning aksi sodir boʻladi va ularning bahslari muammolarga olib boradi. Chunki har birlari narigi taraf yon bosishiga oʻrganib qolishgan.

4. Sevishganlarning bir birlari haqidagi tasavvurlari toʻgʻri boʻlmaydi. Chunki ikki taraf ham, narigiga yoqish uchun oʻzini muloyim va mehribon qilib tutadi. Ushbu manzarani “sevgi” deb nom olgan aloqa mobaynida har ikki taraf narigi tarafga oʻzini koʻrsatishga harakat qilgan manzaradir. Ammo hech kim buni butun umri mobaynida davom eta olmaydi. Haqiqiy manzara nikoh qurilganidan soʻng zohir boʻla boshlaydi va muammolarga olib boradi.

5. Sevgi davri odatda nikohdan keyin hosil boʻladigan voqelikka toʻgʻri kelmaydigan orzu va mubolagʻalarga asoslangan boʻladi. Sevib qolgan ayol u (erkak) u uchun oyning bir parchasini olib kelmoqchi ekanini, agar u (ayol) dunyodagi eng baxtli inson boʻlmasa u (erkak) hech qachon baxtli boʻlmasligi va hokazolar haqida hayol qilishi mumkin. Bunga javoban u (ayol) u bilan birgina xonada va quruq yerda ham yashashga tayyor boʻladi. Unda boshqa hech qanday ehtiyoj va talabi yoʻq. Chunki u (ayol) u bilan birga va shu unga kifoyadir. Ulardan biri aytganidek: “Bizga kichik bir burchak ham kifoyadir” va “Menga bir burda pishloq va zaytun kifoya!” Bularning barchasi mubolagʻa va ehtiroslardir. Ikki taraf ham bularni nikohdan keyin unutishadi. Keyin xotin erining xasisligi va uning taʼminnotga layoqatsiz ekanidan shikoyat qila boshlaydi. Keyin er koʻp sonli talablar va ulkan harajatlardan shikoyat qila boshlaydi. Shu va boshqa sabablar uchun ham, biz ikki taraf nikohdan keyin aldanganlari va ortiqcha shoshib harakat qilib qoʻyganlari haqida gapirganlarida ajablanmaymiz. Erkak nikohi va ota-onasi taklif qilganlarga rad javobini bergani haqida afsus qiladi. Ayol ham xuddi shunday, nikohi va ota-onasi taklif qilganlarga, oʻzining xohishlari sababidan rad javobini bergani haqida afsus qiladi. Oxir oqibat esa yuqori darajadagi taloqlar hosil boʻladi. Vaholanki, ushbu nikohlar dunyodagi eng baxtli nikohlarga misol boʻlishiga taxmin qilingan edi! Uchinchidan: Yuqorida zikr qilib oʻtilgan sabablar haqiqiydir va haqiqiy hayotda boʻlib oʻtgan. Biroq ushbu nikohlarning puch boʻlishining asosiy sabablarini eʼtibordan qoldirmasligimiz kerak. Ular Allohga osiy boʻlishlikka asoslangandir. Islom hech qachon bu kabi aloqalarni oqlamaydi, hatto bundan maqsad nikoh boʻlsa ham. Shuning uchun ham ular adolatli ilohiy jazodan qochib qutula olmaydilar.

Alloh taolo aytadi: “Kim Mening eslatmamdan yuz oʻgirsa, bas, albatta uning uchun tang – baxtsiz hayot boʻlur” (“Toha” surasi, 124-oyat). Tang va ogʻir hayot – Allohga osiylik va Uning vahiysidan yuz oʻgirishning natijasidir. Yana Alloh aytadi: “Agar u qishloqlarning (joyning) ahli iymon keltirib, taqvodor boʻlganlarida edi, albatta Biz ularga osmonu yerdan barakot (darvozalarini) ochib qoʻygan boʻlur edik” (“Aʼrof” surasi, 96-oyat). Allohning barakoti – iymon va taqvo uchun mukofotdir. Agar iymon yoki taqvo boʻlmasa, yoki ozgina boʻlsa, barakot ozayadi yoki umuman toʻxtab qoladi. Yana Alloh aytadi: “Erkakmi yo ayolmi — kimda-kim moʻmin boʻlgan holida biron yaxshi amal qilsa, bas, Biz unga pokiza hayot ato eturmiz va ularni oʻzlari qilib oʻtgan amallaridan chiroyliroq ajr-savoblar bilan mukofotlaymiz” (“Nahl” surasi, 97-oyat). Pokiza hayot – iymon va yaxshi amalning mevasidir. Alloh haqiqatni aytdi: “Bas, bu binolarini Allohdan qoʻrqish va Uning rizoligi asosiga qurgan kishi yaxshiroqmi yoki binolariga yemirilayotgan jar yoqasini asos qilib olib, shu sababli oʻzi ham jahannam oʻtiga qulagan kimsami?! Alloh bunday zolim qavmni hidoyat qilmas” (“Tavba” surasi, 109-oyat). Kimning nikohi harom poydevoriga barpo etilgan boʻlsa, tavba qilish va kechirim soʻrashga shoshilsin. Iymon, taqvo va solih amallarga asoslangan solih hayot kechirsin. Vallohu aʼlam. Alloh Paygʻambarimizga, Uning oilasi va sahobalariga salavotu salomlar yoʻllasin.
Marxamat tumani bosh muxtasibi: M.Shojalilov

Manba: masjid.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nikohdan avvalgi sevgi