date

Dogecoin institutsional investorlar uchun yanada ochiq boʻladi

Dogecoin institutsional investorlar uchun yanada ochiq boʻladi

Dogecoin Foundation korporativ boʻlinmasi Paxos bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Ushbu kelishuvga koʻra, DOGE kriptovalyutasi Paxosʼning brokerlik va kastomial infratuzilmasiga integratsiya qilinadi. Bu esa tartibga solinadigan moliyaviy kanallar orqali memkoinga kirish imkoniyatini kengaytirishi kutilmoqda. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Dushanba kuni eʼlon qilingan xabarga koʻra, Dogecoin endilikda Paxos platformasida mavjud boʻladi. Bu fintech kompaniyalari, toʻlov tizimlari va institutsional mijozlarga ushbu aktivni oʻz xizmatlariga qoʻshish imkoniyatini baholashga yoʻl ochadi. Paxos hozirda PayPal, Venmo, Interactive Brokers va Mercado Libre kabi yirik platformalar uchun kripto-infratuzilma taqdim etadi.

Garchi Dogecoin 15,53 milliard dollar boʻlgan bozor kapitallashuvi bilan eng yirik memkoin boʻlib qolayotgan boʻlsa-da, unga boʻlgan institutsional talab Bitcoin va Ethereumʼga qaraganda pastroq. Biroq, soʻnggi paytlarda qiziqish ortib bormoqda: 2025-yil yanvar oyida Grayscale Dogecoin Trust ishga tushirildi, shuningdek, 21Shares kompaniyasining Dogecoin ETF fondi AQSHda roʻyxatdan oʻtkazildi.

Bozordagi umumiy holat esa biroz sustligicha qolmoqda. CoinShares maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan haftada kripto-birja mahsulotlaridan 1,67 milliard dollar mablagʻ olib chiqib ketilgan. Investorlar inflyatsiya, energiya narxlari va Fors koʻrfazidagi geosiyosiy keskinliklar tufayli xavfli aktivlardan ehtiyot boʻlishmoqda.

Ekspertlarning fikricha, raqamli aktivlarga boʻlgan talabning pasayishi AQSHda raqamli aktivlar bozorini tartibga soluvchi CLARITY Act qonun loyihasining kechikayotgani bilan ham bogʻliq boʻlishi mumkin. Shunga qaramay, Dogecoinʼning yirik moliyaviy infratuzilmalarga kirib borishi uning kelajakdagi mavqeyini mustahkamlashi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Dogecoin institutsional investorlar uchun yanada ochiq boʻladi