Farzand ne’matining shukri tarbiya bilan bo‘ladi. Tarbiya dag‘allik va qaytarish bilan emas, mehribonlik va tushuntirish bilan bo‘lishi lozim. Bu borada Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam chiroyli o‘rnak bo‘lganlar. Nabiralari Hasan va Husanni o‘pganida o‘sha yerda o‘tirgan Aqra’ ibn Hobis At-Tamimiy: “Mening o‘nta bolam bor ularning birontasini o‘pmaganman” — dedi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga bir nigoh tashlab qo‘ydilarda so‘ng: “Kim mehribonlik qilmas ekan, mehribonlik ko‘rmaydi”, dedilar. Bu hadisda ota-ona farzandga mehribon bo‘lib, ularga qahr qilmasligi lozimligi uqtirilmoqda.
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam doimo farzandlarga chiroyli odob va husni-xulq o‘rgatishimizga buyurib: “Farzandlaringizga va ahlingizga yaxshilikni ta’lim bering va ularga odobni o‘rgating”, deganlar.
Ustoz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bola tarbiyasi xaqida shunday deydi: “Bola ota-onaga omonat bo‘lib, uning qalbi pokiza gavhardir. U har qanday naqshni qabul qilaveradi agar yaxshillikka o‘rgatilsa o‘shanday o‘sadi uning savobiga ota-onasi va murabbiyi sherik bo‘ladilar. Agar yomonlikka o‘rgatilsa, o‘shanday o‘sadi uning gunohiga ham ota-onasi va murabbiyi sherik bo‘ladilar. Ular uni saqlashlari, ta’lim-tarbiya berishlari lozim unga yaxshi axloqlarni o‘rgatsinlar uni yomon bolalardan saqlasinlar”.
Farzand tarbiyasida oilaning tinch-totuvligi, undagi sog‘lom muhit muhim omillardan hisoblanadi. Oiladagi biz unchalik e’tibor bermaydigan kichik urush-janjallar ham bola ruhiyatiga juda yomon ta’sir qilishi mumkin. Iloho, farzandlarimiz sog‘-omon, chiroyli xulq va mustahkam iymon sohiblari bo‘lib, doimo ko‘z quvonchimiz bo‘lib yurishsin!
Jumanazar RISQULOV,
Sirdaryo viloyati “Axmad Yassaviy”
jome masjidi imom xatibi
Sirdaryo viloyati “Axmad Yassaviy”
jome masjidi imom xatibi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi