07:30 / 31.12.2018
7 359

Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?

Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?
MAYMUN: Tushingizda maymunni ko‘rsangiz, ko‘ngli qoralar sizni chuv tushirish harakatiga tushgan. Agar o‘lik maymunni ko‘rsangiz, siz bilan kurashda dushmanlaringiz mag‘lub bo‘ladi. Ayol kishi tushida maymunni ko‘rsa, turmush o‘rtog‘i rashk qilishga asos bo‘luvchi harakatlarni sodir eta boshlagan. Maymunga ovqat bersangiz, ablahlar sizga ochiqchasiga yomonlik qilishni mo‘ljallagan.
BULUT, YoMG‘IR: Tushda bulut ko‘rish ishlar orqaga ketishidan darak beradi. Agar yomg‘ir yog‘ayotganiga guvoh bo‘lsangiz, oldinda sizni ko‘ngilsizlik, xastalik kutib turishi mumkin. Oppoq, quyoshning zarrin nurlarida tovlanayotgan bulut ko‘rsangiz, omadga erishasiz.
MUNChOQ: Ayol kishiga tushida munchoq hadya etishsa, demak, uning oilasi mustahkam, turmush o‘rtog‘i sadoqatli. Munchoq yo‘qotsa, real hayotda ham yo‘qotishlarga yuz tutadi. Qimmatbaho munchoqni bo‘yniga taqsa, jamiyatdagi obro‘si yanada oshadi.
EShAK: Tushda eshak ko‘rish odatda muvaffaqiyatsizliklarga sabab bo‘ladi. Basharti ustiga yuk yuklangan eshakni ko‘rsangiz, aksincha, ishlaringiz baroridan keladi. Katta bir ishni sabr bilan muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirasiz. Agar tushingizda sizni eshak quvsa, g‘iybatchilar, hasadgo‘ylar nazariga tushasiz. Eshak hangrayotganiga guvoh bo‘lsangiz, kimdir sizni haqorat qiladi.
OV: Tushda ov qilayotgan bo‘lsangiz, demak, real hayotda bajarilishi juda qiyin bo‘lgan bir ishni ko‘ngildagidek yakunlaysiz. Ovga chiqib, o‘ljani tuta olmasangiz, ishda muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Aksincha tutib olsangiz, omad siz tomonda bo‘ladi.
ZAHAR: Tushingizda sizga zahar berib qo‘yishsa, qandaydir ko‘ngilsizlikdan qochishingiz kerak bo‘ladi. Ayol kishi o‘zi gumonsiraydigan raqibasiga zahar bersa, eri xiyonatga qo‘l urishi mumkin. Zaharga to‘latilgan idishni otib yuborsangiz, hayotingizda paydo bo‘ladigan jiddiy to‘siqlarga qarshi qattiq kurashishingiz kutiladi. Zahari bor idishni qo‘lda tutib turish favqulodda ko‘ngilsizlikka uchrash mumkinligini anglatadi.
TUXUM: Tuxum qo‘yilgan qush inini ko‘rsangiz, boylik va baxtga erishasiz. Tushda tuxum yesangiz, xonadoningizda xavotirli lahzalar paydo bo‘ladi. Pachoqlangan tuxum ko‘rsangiz, taqdir sizga kutilmagan sovg‘alarni hadya etadi. Aynigan tuxum ishlar baroridan kelmasligi, asabbuzarliklardan darak beradi.
KALTAKESAK: Tushingizda kaltakesak ko‘rsangiz, yomon odamlar ta’qibiga uchrashingiz mumkin. Kaltakesakni o‘ldirsangiz, har jabhada muvaffaqiyatga erishasiz. Kaltakesak tishlab olsa, baxtsizlik sizga xavf solishi kutiladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?