VKontakte shaxsiy profillar uchun kengaytirilgan statistika va reklama vositalarini ishga tushirdi

VKontakte ijtimoiy tarmogʻi shaxsiy profillar uchun muhim yangilanishni taqdim etdi. Endilikda foydalanuvchilar oʻz kontentining samaradorligini tahlil qilishlari va yangi auditoriyani jalb qilish uchun reklama kampaniyalarini toʻgʻridan-toʻgʻri profil orqali ishga tushirishlari mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Statistika boʻlimida mualliflar qamrovlar, nashrlar bilan oʻzaro aloqalar va doʻstlarning harakatlari haqida batafsil maʼlumot olish imkoniyatiga ega boʻldilar. Maʼlumotlar ham umumiy koʻrinishda, ham har bir kontent turi — postlar, kliplar, hikoyalar va videolar uchun alohida taqdim etiladi.
Asosiy yangiliklardan biri — reklamani bevosita shaxsiy profildan boshqarish funksiyasining integratsiyasi boʻldi. Endi har bir post va klip ostida "Продвигать" (Targʻib qilish) tugmasi paydo boʻldi. Shuningdek, profil menyusida VK Реклама platformasining soddalashtirilgan kabinetiga olib boruvchi boʻlim qoʻshildi.
Reklama kampaniyasini boshlash uchun foydalanuvchi maqsadni (obunachilarni jalb qilish, postni ommalashtirish yoki saytga oʻtish), auditoriyani va budjetni koʻrsatishi kifoya. Hozircha bu funksiyalar tasdiqlangan (kulrang belgi) va ikki bosqichli autentifikatsiya yoqilgan akkauntlar uchun ochiq.
Targʻibot vositalari hozirda VKontakte mobil ilovasida mavjud boʻlib, postlar ostidagi reklama tugmasi 3 000 dan ortiq obunachisi bor profillarda koʻrinadi. Platformaning veb-talqinida ushbu imkoniyatlar biroz keyinroq joriy etilishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!