date

Florida shtati OpenAI va Sam Altman ustidan sudga shikoyat kiritdi

Florida shtati OpenAI va Sam Altman ustidan sudga shikoyat kiritdi

Florida shtati Bosh prokuraturasi OpenAI kompaniyasi va uning rahbari Sam Altman ustidan sudga daʼvo kiritdi. Bu ChatGPT chatbotining zoʻravonlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan shtat darajasidagi ilk rasmiy sud jarayonidir. Daʼvoda kompaniya "sunʼiy intellekt poygasi"da gʻolib boʻlish va katta boylik orttirish maqsadida xavfsizlik choralariga eʼtiborsizlik qilganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Florida Bosh prokurori James Uthmeierning taʼkidlashicha, OpenAI va Sam Altman ichki va tashqi xavfsizlik ogohlantirishlarini eʼtiborsiz qoldirib, bolalar hayotini xavf ostiga qoʻygan. 83 sahifalik daʼvo arizasida ChatGPT tufayli ommaviy otishmalar sodir etilgani, zaif qatlam vakillari oʻz joniga qasd qilishga undalgani va voyaga yetmaganlarda ushbu vositaga nisbatan bogʻliqlik yuzaga kelgani keltirilgan.

Aprel oyida boshlangan jinoiy tergov doirasida ChatGPT oʻtgan yili Florida shtat universiteti (FSU) hududida sodir boʻlgan ommaviy otishmada qanday rol oʻynagani oʻrganilmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, hujumchi voqeadan avval chatbot bilan maslahatlashgan. OpenAI vakillari esa ushbu fojia uchun javobgarlikni rad etib, ChatGPT jinoyatga sababchi emasligini taʼkidlab kelmoqda.

Bu OpenAI uchun yagona huquqiy muammo emas. Avvalroq kompaniya oʻz joniga qasd qilish usullari haqida maʼlumot bergani uchun Kaliforniyalik oʻsmirning ota-onasi tomonidan sudga berilgan edi. Shuningdek, yaqinda Elon Musk tomonidan ochilgan sud ishi ham yakuniga yetgan boʻlib, unda tadbirkor kompaniyani insoniyatga yordam berish missiyasidan voz kechib, tijorat tashkilotiga aylanganlikda ayblagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Florida shtati OpenAI va Sam Altman ustidan sudga shikoyat kiritdi