Wildberries AliExpress Rossiya ulushini sotib olishi kutilmoqda

Wildberries kompaniyasi “AliExpress Rossiya” kapitaliga kirishi mumkin. Riteyl bozoridagi manbalarga tayanib «Svobodnaya kassa» nashri xabar berishicha, mazkur kelishuv joriy yilning sentyabr oyiga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Hozirgi vaqtda “AliExpress Rossiya”ning eng yirik aksiyadori Alibaba Group boʻli b, u kompaniyaning 47,85 foiz ulushiga egalik qiladi. Rossiyalik hammuassislar orasida Alisher Usmonovning USM xoldingi (24,3%), VK (15%) va RFPI (12,8%) mavjud. Hozircha kelishuv rasman tasdiqlanmagan boʻ lsa-da, u amalga oshsa, onlayn savdo bozoridagi kuchlar muvozanatini sezilarli darajada oʻzgartirishi mumkin.
“AliExpress MDH» vakillari vaziyatga rasmiy izoh berib, mahalliy servislar bilan hamkorlikni rivojlantirishda davom etayotganini bildirdi. Hamkorlik doirasida AliExpress foydalanuvchilari oʻz xaridlarini Wildberries buyurtma berish punktlariga (PVZ) yetkazib berishni tanlashlari mumkin boʻldi. Shuningdek, yanvar oyidan boshlab rossiyalik xaridorlarning bir qismida tovarlar uchun WB Koshelyok orqali toʻlov qilish imkoniyati yaratildi.
Ayni paytda kompaniyalar Rossiya va MDH mamlakatlaridagi Wildberries foydalanuvchilari uchun Xitoy tovarlariga kirish imkoniyatini sinovdan oʻtkazmoqda. Bu AliExpress’ning noyob va keng assortimentini mintaqadagi xaridorlar uchun yanada ommabop qilishga xizmat qiladi.
Avvalroq platforma Yandex ID orqali avtorizatsiyadan oʻtish, Yandex Pay yordamida toʻlov qilish va buyurtmalarni Yandex Market punktlaridan olib ketish imkoniyatlarini ham joriy etgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!