Agar dinda nimanidir tushunmasangiz, bu narsani ko‘proq biladigan odamdan so‘rang. Agar ular tushuntirganidan qoniqmasangiz, ularga “uzr, lekin javobingizdan qoniqmadim, men buni yaxshilab tushunishim kerak”, deb ayting. Bu shunchaki so‘rashga haqqingiz borligi uchun emas balki, bu sizning burchingizdir.
Qachonki ummat fikr yuritishdan to‘xtasa, fikrlash san’atini avlodlarga yetkazishdan to‘xtasa, ummatga eng yomon narsalar sodir bo‘la boshlaydi, eng yomoni keyingi avlod faqatgina ota-onalari musulmon bo‘lgani uchungina musulmon bo‘lishadi. Bu ummat bilan sodir bo‘ladigan eng dahshatli narsa. Chunki keyin, bola Islomni saqlab turganiga yagona sabab, ota onasi undan shuni kutgani uchungina xolos.
Bilamizki, biz hozirgi kunda oilalar juda ham tarqoq va farzandlar ota-onasidan mustaqil ravishda yashaydigan zamonda yashayapmiz. Ular kollejga, universitetga boradi, o‘z ishiga ega bo‘ladi. Va kun kelib, dindor oila farzandlari ham ko‘p hollarda dindan uzoqlashadi.
Va aynan shu farzandlar aytishadiki: “Ota-onam bilan yashaganimda, (onam namozimga e’tiborli edi), otam har hafta jumaga olib borardi, ammo otam bilan ortiq yashamayman. Men universitetda o‘qiyman. Men ozodman, endi borishga majbur emasman. Menda borishga sabab ham yo‘q, sabab ota-onam bo‘lishgan”. Va qachonki bu bolalar ta’til uchun ota-onalarini uyiga qaytganda, yana jumaga borishadi, (yana namoz o‘qishadi) lekin bu vaqtincha, shunday emasmi?
Bilasizmi, nega shunday? Chunki biz farzandlarimizga Islom haqida o‘zlari qanday o‘ylashlarini o‘rgatmaganmiz. Nega ular musulmon? Nega ular Allohni Xudo deb tan olishlari kerak? Nega ular Qur’onni tan olishi kerak? Nega ular aqlli savollarni so‘rashi kerak?
Bizning dinimiz ko‘zni yumib qabul qilib, keyin unga ko‘r-ko‘rona amal qilish kerak bo‘lgan din emas!
Yo‘q! Yo‘q! Yo‘q! Ibrohim alayhissalom nafaqat odamlardan, balki Allohning o‘zidan so‘raganlar: “Allohim, o‘likka qanday qilib hayot berishingni ko‘rsat menga?” ("Baqara" surasi, 260-oyat). Va Alloh javob bergan “Hali ham Iymon keltirmadingmi? (Ishonmaysanmi hali ham?)”
U javob berdi:“Unday emas. So‘raganim sababi yuragim taskin topishi uchundir“.
Alloh Ibrohim alayhissalomning hikoyasi orqali bizga ko‘nglimiz xotirjam bo‘lmaguncha, savol so‘rashimiz kerakligini o‘rgatyapti.
Biz izlanishimiz kerak, fikrlashimiz kerak va farzandlarimizga ham fikrlashni o‘rgatishimiz kerak.
Ustoz Nouman Ali Xon (1-qism)
Nasiba Rajabova tomonidan erkin tarjima qilindi
Nasiba Rajabova tomonidan erkin tarjima qilindi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?